Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Kavkaz asirasi” filmidagi Nina roli Natalya Varleyga olamshumul mashhurlik keltirdi. O‘zining jozibali ko‘rinishidan tashqari, aktrisa ko‘plab iste’dodlarga ega: u shoira, qo‘shiqchi va teleboshlovchi sifatida ham tanildi. Natalya Varley bugungi kunda ham filmlarda rol o‘ynaydi, avvalgidek go‘zalligi bilan ko‘pchilikni maftun eta oladi.

Foto: https://vkuspo.info

Aqlli, sirk artisti va shunchaki sohibjamol

Bo‘lajak aktrisa Natalya Varleyning tomirlarida fransuz, rus va valley millatining aralash qoni oqadi. Onasining asl kelib chiqishi fransuz. Otasi ham zodagonlar oilasidan bo‘lgan. Aktrisaning tabiiy go‘zalligi bir nechta millat qonining aralashuvidandir, ehtimol.

Bo‘lajak aktrisa Ruminiyada dengiz kapitani oilasida tug‘ilgan. Qizi tug‘ilgandan so‘ng, ular Murmanskka ko‘chib o‘tishadi, Natasha shu yerdagi maktabga boradi. Uning singlisi Ira ham shu yerda tug‘ilgan.

Foto: https://vkuspo.info

Natasha yoshligidan ko‘plab ijodiy qobiliyatlarni namoyon etadi: u ravon o‘qiydi, to‘rt yoshidan she’rlar yoza boshlaydi, yaxshi kuylaydi va ajoyib rasmlar chizdi. Shuning uchun ota-onasi uni musiqa maktabiga beradi.

50-yillarning oxirlarida oila yashash joyini o‘zgartirib, Moskvaga ko‘chib o‘tadi. Bir kuni onasi qizlarini sirkka olib boradi. Ekvilibrist (beqaror tana holatida sim, arqon, qo‘l, bosh, velosiped, stul va hokazoda muvozanatini saqlash qobiliyatiga ega artist)lar Natalyada unutilmas taassurot qoldiradi. Shu paytdan boshlab qiz sirk artisti bo‘lishni orzu qila boshlaydi. Biroq sog‘lig‘i sababli unga jismoniy faoliyat taqiqlangandi. Shu sababli ota-onasi qizining sirk artisti bo‘lishiga qat’iyan qarshi bo‘ladi.

Foto: https://vkuspo.info

Ammo kuchli xarakterga ega Natalya Varley taslim bo‘lmaydi. U ota-onasidan yashirincha akrobatika studiyasida mashg‘ulotlarga yoziladi. O‘rta maktabni tugatgach, ekvilibrist bo‘lishga qaror qiladi. Uning harakatlari besamar ketmaydi. Imtihonlarni topshirib, sirk maktabiga qabul qilinadi. Natalya maktabni a’lo baholarga bitiradi.

Yorqin kinokaryera

Foto: https://vkuspo.info

Varleyga Rangli bulvardagi sirkda taniqli rassom L.Yangibarov bilan birga ishlash baxti nasib etadi. Uning sa’y-harakatlari tufayli qiz uchun kinoga yo‘l ochiladi. Sirk spektakllaridan birida artistning do‘sti — “Odessa” kinostudiyasi direktori Yungvald-Xilkevich iste’dodli, chiroyli va harakatchan Natashaga e’tibori tushadi va uni “Kamalak formulasi” filmiga taklif qiladi.

Tez orada Natalya Varley butun mamlakatga taniladi. “Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari” nomli sovet komediyasi ekranlarga chiqadi. Nina roli uchun Leonid Gayday ko‘plab iste’dodli va chiroyli aktrisalarni sinab ko‘radi. Biroq u Varleyni tanlaydi. U rejissorni yoshligi va aqlbovar qilmaydigan jozibasi bilan maftun etadi.

Foto: https://vkuspo.info

Jasur Natasha filmdagi barcha tryuklarni kaskadyorlar ishtirokisiz o‘zi ijro etgan. “Viy” filmida esa aktrisa suratga olish paytida baxtsiz hodisaga uchrashiga sal qoladi. Uni suratga olish maydonchasidagi hamkasbi Leonid Kuravlyov vaqtida qutqarib qoladi.

Natalya Varley filmlarda rol o‘ynashni davom ettiradi, K. Stanislavskiy nomidagi Moskva drama teatrining spektakllarida ham qatnashadi. Lekin hech qaysi rol unga “Kavkaz asirasi”dagi kabi olamshumul mashhurlik keltirmaydi. Bundan tashqari, aktrisa turli janrlar — ertaklar, komediyalar, musiqiy filmlar va hatto fantastik jangovar filmlarda ham rol o‘ynagan.

Shoira, yozuvchi, xonanda

Foto: https://vkuspo.info

Varleyning aktrisalikdan tashqari, boshqa qobiliyatlari ham bor edi. U bolaligidan she'r yozardi. Shu sababli aktrisa adabiyot universitetiga hujjat topshiradi, 2 ta she'riy to‘plamini va musiqiy asarlari plastinkasini chiqaradi. Turli teleko‘rsatuvlarda Natalya o‘zi yozgan she’rlaridan o‘qib beradi, yoqimli ovozi bilan tomoshabinlarni hayratda qoldiradi.

Natalya shu bilan to‘xtab qolmaydi. U “Arqonda yuruvchi” (“Kanatoxodka”) kitobini yozadi. Kitobda u sahna orti sirlarini tasvirlaydi, guvohi va ishtirokchisi bo‘lgan ko‘plab filmlarning suratga olish jarayonlari haqida gapirib beradi.

Natalya Varleyning omadsiz tugagan uchta nikohi

Foto: https://vkuspo.info

Yoshligida Natalya Varley aktyor Nikolay Burlyayevga turmushga chiqadi. Qizning do‘stlari va tanishlari bu tanlovdan hayratda qolishadi. Axir juda ko‘p yigitlar qizga oshig‘-u beqaror edi. Ammo Varley hech kimga quloq solmaydi — u sevib qolgandi. Yaqinlarining gap-so‘zlariga e’tibor bermay, Nikolayga turmushga chiqadi.

Ammo do‘stlari haq edi — yoshlarning oilaviy hayoti havas qilarli emasdi. Nikolay rafiqasiga qaraganda chiroyli va jozibali aktrisalar bilan rol o‘ynagani Natalyaning rashkini keltirardi. U asabiylashar, eri bilan janjallashar va ota-onasinikiga ketib qolardi. Bir marta navbatdagi janjaldan keyin Varley uyiga qaytib keladi va erini aktrisa Pechernikova bilan oshxonada Natasha tayyorlagan sho‘rvani ichayotganining ustidan chiqib qoladi. Bu uning sabr kosasini to‘ldiradi va Varley erini butun umrga tark etadi.

Ikkinchi marta Natalya hamkasbi Vladimir Tixonovga turmushga chiqadi. Biroq bu nikoh ham uzoq davom etmaydi. Vladimir giyohvand moddalarga qaram bo‘lib qoladi. U eriga giyohvandlikka qarshi kurashda yordam berishga harakat qiladi, ammo barcha urinishlari besamar ketadi. Shundan so‘ng aktrisa ajrashish uchun ariza beradi.

Foto: https://vkuspo.info

Maftunkor Natalya Varleyning uchinchi turmush o‘rtog‘i hech kim tanimaydigan Vladimir edi. Havas qilarli darajada o‘tgan to‘y ham ularning nikohini saqlab qololmaydi. Natalya bu nikohida haqiqiy muhabbatni his qilmaydi. Vladimir aktrisa bilan munosabatlarni rasmiylashtirgandan so‘ng, o‘z maqsadiga erishib, unga bo‘lgan qiziqishini butunlay yo‘qotadi.

Yolg‘izlik va sevimli uy hayvonlari

Foto: https://vkuspo.info

Aqlli va haligacha chiroyli Natalya Varley shahar chekkasida joylashgan shinam uyda yashaydi. U har kuni ertalab yam-yashil maysazorga chiqishni, gullar hididan, qushlar sayrashidan zavqlanishni va qayin daraxtlari ostidagi skameykada o‘tirishni yaxshi ko‘radi.

Varley uchta muvaffaqiyatsiz nikohdan keyin shaxsiy hayotini tartibga solishga harakat ham qilmadi. U deyarli barcha vaqtini sevimli uy hayvonlariga g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlaydi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, mushuklari nafaqat asab tizimini tinchlantiradi, balki sirkdagi ishi oqibatida bo‘g‘imlaridagi og‘riqlarni ham qoldiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »