Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhurlarning uzoqqa cho‘zilmaydigan nikohlari tez-tez uchraydigan mavzudir. Ba’zilarning fikricha, pul va shon-shuhrat bo‘lganda, hayotga bo‘lgan muhabbat haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Biroq yulduzlar orasida bu stereotipni buzadigan juftliklar ham bor.

Adriano Chelentano va Klaudiya Mori (1964-yilda turmush qurgan)

Foto: Marie Claire

Adriano Chelentano va Klaudiya Mori “G‘alati odam” filmining suratga olish jarayonida tanishadi. Dastlab kelishgan Chelentano o‘z qadr-qimmatini biladigan italiyalik aktrisani hayratda qoldira olmaydi.

Ammo qizning befarqligi Adrianoni yanada qiziqtirib qo‘yadi — aktrisaning e’tibori va muhabbatini qozonish uchun harakat qila boshlaydi. Xuddi shuni kutib turgandek Klaudiyaning aybi bilan suratga olish maydonchasidagi shishali shiftning parchalari aktyorning yuzini kesib ketadi. Ammo bu baxtsizlik yoshlarni yaqinlashtiradi — Klaudiyaning kechirim so‘rashidan keyin yoshlar bir-biri bilan til topishadi.

Aktyor va nihoyat Klaudiyaning qalbiga yo‘l topadi va tez orada ular turmush qurishadi. To‘y marosimi kechasi bo‘lib o‘tadi. Ommaviy axborot vositalarining e’tiborini tortmaslik uchun ham shu vaqt tanlanadi.

Klaudiya keyinchalik ikki tanlov orasida qoladi — karyera yoki oilaviy baxt. Nikohini saqlab qolish uchun Mori aktrisalik ambitsiyalaridan voz kechib, eriga tayanch bo‘lishga qaror qiladi. Klaudiya hozirda oilaviy Clan Celentano ovoz yozish kompaniyasini boshqaradi, shu bilan birga, uch farzandning onasi.

Chelentanoning tan olishicha, mashhurligiga, shaxsiy hayotidagi ko‘plab g‘iybat va mish-mishlarga qaramay, uning yuragi faqat Klaudiya Moriga tegishli bo‘lgan.

Meril Strip va Don Gammer (1978-yilda turmush qurgan)

Foto: Marie Claire

Meril Strip sevgilisi Jon Kazalning o‘limidan so‘ng zudlik bilan sevgilisi birga yashagan kvartiradan ko‘chishga majbur bo‘ladi. Aktrisaning nega bunchalik tez ko‘chib ketgani haqida turli mish-mishlar mavjud, ammo har holda u haykaltarosh Don Gammerga tegishli kvartiraga ko‘chib o‘tadi.

Meril Strip va Don Gammer ilgari bir-birini tanimagan — aktrisaning akasi Gammerning do‘sti bo‘lgan, shu sababli Gammer do‘stining qiyin vaziyatda qolgan singlisiga o‘zining kvartirasida yashashni taklif qilgan. Strip kun bo‘yi ishlardi va faqat uxlash uchun kvartiraga kelardi. Bir kuni u uyga qaytganda ba’zi narsalarni olish uchun kelgan kvartira egasiga duch keladi. Meril shunchalik xijolat bo‘ladiki, unga bergan yordami uchun Gammerga qanday minnatdorlik bildirishni bilmaydi. Shu sababli bir-birlariga xat yozib turishni taklif qiladi, Gammer ham bunga rozi bo‘ladi.

To‘rt oy davomida ular muntazam maktub almashishadi, tanishganlaridan olti oy o‘tgach, Meril Strip va Don Gammer turmush quradi.

O‘shandan beri 40 yildan ortiq vaqt o‘tdi va ular hali ham birga baxtli. Aktrisa o‘z ishini juda yaxshi ko‘radi, lekin uning uchun farzandlari va eri har doim birinchi o‘rinda turadi.

Denni DeVito va Rea Perlman (1982-yilda turmush qurgan)

Foto: Marie Claire

Denni DeVito tashqi ko‘rinishiga qaramay, har doim ko‘plab muxlislari bo‘lishini orzu qilgan. Go‘zal qizlar bilan tanishish uchun u hatto sartarosh bo‘lishga qaror qiladi.

Keyin unga bu ham yetarli emasdek tuyuladi va sahna grimyorligi kursiga o‘qishga kiradi. Ko‘p o‘tmay aktyorlik bo‘limiga o‘tadi. Shundan so‘ng Denni Brodvey teatriga ishga keladi. U yerda bo‘lajak rafiqasi aktrisa Rea bilan tanishadi.

Bir-birini tushunishlariga ko‘zi yetgach, juftlik 1982-yilda turmush quradi. Tez orada ular uchta farzandning ota-onasi bo‘lishadi.

Ammo mashhur bo‘lgani sari De Vitoning xarakteri tobora og‘irlashib boradi. Bundan tashqari, aktyor begona ayollar bilan o‘ralashib qoladi. Shundan keyin Rea ajrashish uchun ariza beradi. Ammo Nyu-Yorkda bir necha hafta yolg‘iz qolganidan so‘ng, Denni bunday turmush tarzi unga quvonch keltirmasligini tushunadi va bu dunyoda u bilan turli vaziyatlarda birga bo‘lgan xotinidan yaqinroq odami yo‘qligini va bo‘lmasligini anglaydi. U xotinidan kechirim so‘ragan bo‘lsa-da, go‘zal ayollarga qarashni to‘xtatmasligini ta’kidlagan.

Xyu Jekman va Deborra-Li Ferness (1996-yilda turmush qurgan)

Foto: Marie Claire

Ular “Korelli” serialining suratga olish jarayonida tanishadi. O‘sha paytda Xyu hali mashhur aktyor emasdi, bu uning ikkinchi rol edi. Deborra-Li esa allaqachon mashhur avstraliyalik aktrisa sifatida tanilgandi.

Endigina 26 ga to‘lgan yigit hamkasbining oldida o‘zini juda noqulay his qiladi, chunki uni bir qarashda sevib qolgandi. Ferness ham unga befarq emasdi, ammo Xyu undan 13 yosh kichik bo‘lgani uchun aktrisa bunday munosabatlar uzoq davom etmasligidan qo‘rqardi. Shunga qaramay, ular bir-birlariga bo‘lgan his-tuyg‘ularini tan olishadi.

Tanishganlaridan 4 oy o‘tib, 1996-yilda juftlik turmush quradi. Juftlik farzandli bo‘lishni chin dildan istasa-da, ikki marta homila tushib qolganidan keyin qiz va o‘g‘il asrab olishga qaror qilishadi.

Barcha mish-mishlar va g‘iybatlarga qaramay, Xyu Jekman taqdir unga dunyodagi eng yaxshi ayolni tuhfa qilganini aytadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »