Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

12-avgust kuni Maryam Uzerli 40 yoshga to‘ladi. “Muhtasham yuz yil”dagi ajoyib roli tufayli bir vaqtlar hech kim bilmagan germaniyalik qiz to‘satdan butun dunyo tanigan aktrisaga aylandi.

Maryamning aktrisalik salohiyati maktab yillaridayoq shakllana boshlagandi — u ko‘plab spektakllarning doimiy ishtirokchisi edi. Keyinchalik 17 yoshida u ijodiy rivojlanishini davom ettirib, Gamburgdagi aktyorlik maktabida tahsil oladi.

Foto: AdMe

Vaqt o‘tishi bilan qiz nemis spektakllari va teleseriallarida kichik rollarda debyut qilishni boshlaydi. 2010-yilda kutilmagan voqea sodir bo‘ladi — 4 kun ichida uning hayoti tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi.

“Muhtasham yuz yil” serialining ssenariy muallifi va prodyuseri uzoq vaqt davomida Roksolana roli uchun ideal aktrisa topa olmaydi — qidiruv sakkiz oy davom etadi. Biroq bu sinchkovlik, albatta, o‘z samarasini beradi. Maryam darhol kastingga rozi bo‘ladi, tezda Turkiyaga uchib kelib, jamoaning bir qismiga aylanadi.

Foto: AdMe

Aktrisa turk tilini juda yomon bilgani tufayli ish biroz murakkablashadi. Intervyularining birida o‘zi tan olganidek, u suratga olish jarayonida qahramoni bilan birga turk tilini o‘rgangan. Biroq bu Uzerlining rolini a’lo darajada ijro etishiga to‘sqinlik qilmaydi, keyinchalik u 23 ta mukofotga sazovor bo‘ladi. Turkiyaning GQ jurnali uni “Yil ayoli” sifatida e’tirof etadi va Turkiyaning eng mashhur aktrisalaridan biriga aylanadi.

Biroq muxlislar 2013-yilda sevimli aktrisasi serialni tark etib, zudlik bilan Germaniyaga uchib ketgani haqidagi xabardan hayratda qoladi. Maryamning bunday qarorga kelishi serial ijodkorlari uchun ham kutilmagan hol edi.

Foto: AdMe

Aktrisa uchun sabr kosasini to‘ldirgan so‘nggi tomchi nima bo‘lgani hozirgacha ma’lum emas. Rasmiy sabab — surunkali charchoq. Shu bilan birga, pul muammosi va prodyuserlarning gonorarni oshirishdan bosh tortgani ham aytilgan. Keyinchalik ma’lum bo‘ladiki, aynan shu davrda aktrisaning shaxsiy hayotida qiyinchiliklar yuzaga kelgan. U sevgilisi — turkiyalik tadbirkor Jan Ateshning unga xiyonat qilganini bilib qoladi. Bu paytda aktrisa homilador edi.

Ammo 2014-yil fevral oyida qizi Lara tug‘ilgandan so‘ng, Uzerli tezda oyoqqa turadi va karyerasini rivojlantirishda davom etadi. O‘sha yilning oxirida u yirik turk prodyuserlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi va boshqa ko‘plab loyihalarda, jumladan, 2019-yilda Netflix tomonidan suratga olingan “Ari uyasi” filmida rol o‘ynaydi.

Foto: AdMe

Mazkur filmda ishtirok etish aktrisa uchun oson bo‘lmaydi, suratga olishdan oldin asalarilardan qo‘rqmaslik uchun bir necha oy davomida mashg‘ulotlarda qatnashishi kerak edi. Bundan tashqari, ish paytida arilar jamoaga ko‘p marta hujum qilgan. Ammo oxir-oqibat, sa’y-harakatlar o‘zini oqlaydi — film 5 ta mukofot va 7 ta nominatsiya bilan taqdirlanadi.

Foto: AdMe

2021-yilda matbuotda Uzerli “Ajoyib tush” filmidagi bosh rolni Juliya Robertsning burni tagidan ilib ketgani haqida shov-shuv tarqaladi.

Sevimli kino yulduzi bilan uchrashish uchun uydan qochib ketgan ikki bola haqida hikoya qiluvchi ssenariy dastlab Gollivud yulduzi Juliya Roberts uchun yozilgan. Biroq keyinchalik turk aktrisasi bu rolga ko‘proq mos keladi, deb qaror qilinadi, Maryam ham rolga rozi bo‘ladi. Filmga “Amerikaning noma’lum tarixi” filmida ishlagan Jon Morrissi prodyuserlik qiladi.

Foto: AdMe

O‘sha yili Maryam ikkinchi marta onalik quvonchini his qilib, yana bir qizaloqni dunyoga keltiradi — unga Lili Koy deb ism qo‘yadi.

Maryam Uzerlining hikoyasi, albatta, shaxsiy hayotdagi qiyin davrlar ham, muvaffaqiyatsizliklar ham taslim bo‘lishga arzimasligini o‘rgatadi.

Foto: AdMe

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »