Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zi aktyorlar kadrda shu qadar tabiiy ko‘rinadiki, rejissorlar ularni yangi loyihalariga qayta-qayta taklif qilish imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi.

Ana de Armas va Kris Evans

Foto: AdMe

Ana De Armas va Kris Evans dueti allaqachon 3 ta filmda birgalikda rol o‘ynagan. “Qindan chiqqan pichoqlar” komedik detektividan keyin “Kulrang odam” trillerining suratga olish maydonchasida uchrashishadi. 2023-yil aprel oyida esa juftlik ishtirokidagi “Javobsiz” romantik trilleri ekranlarga chiqdi. Aktyorlarning o‘zaro munosabati Gollivud prodyuserlariga ma’qul keldi.

Ana va Kris ekrandagi obrazlari ishonarli chiqishini hayotda juda oson til topisha olganliklari bilan bog‘lashadi. “Biz bir-birimizni chin dildan yoqtirardik, muloqotda ham oson va ochiqmiz, — deydi Ana intervyusida. — O‘zaro munosabatlarimizni saqlab qolish uchun harakat qilishimiz shart emas. Bu haqiqiy do‘stlik”. Hali tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, aktyorlar kelajakda musiqiy yoki dahshatli filmda birga ishlashga umid qilishmoqda.

Gvinet Peltrou va Jud Lou

Foto: AdMe

Peltrou va Lou birgalikda 3 ta filmda suratga tushgan — “Iqtidorli janob Ripli”, “Samo kapitani va ertangi dunyo”, “Infeksiya”. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, real hayotda ular o‘rtasida hech qachon noz-karashma yoki sevgi munosabatlari bo‘lmagan. Shunga qaramay, ular romantik munosabatda bo‘lgan qahramonlarni ajoyib tarzda o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi.

Penelopa Kruz va Jonni Depp

Foto: AdMe

Yorqin va xarizmatik duet 3 ta filmda birga ishlagan. Aktyorlar “Kokain”, “Karib dengizi qaroqchilari: noma’lum qirg‘oqlarda”, “Sharqiy ekspressdagi qotillik” kabi filmlarda birga suratga tushgan. Ko‘p yillik do‘stlikka qaramay, intervyuda Kruz ba’zan Depp bilan suratga tushish juda qiyin bo‘lishini tan oladi. Chunki u juda hazilkash, suratga olish maydonchasida kulib yubormaslikning uddasidan chiqib bo‘lmaydi.

Jennifer Eniston va Adam Sandler

Foto: AdMe

Bolalikdagi do‘stlari Jennifer Eniston va Adam Sandler ham birgalikda 3 ta filmda suratga tushgan. Hamkorlikdagi ilk film — “Yollanma xotin” 2011-yilda chiqqan. 8 yil o‘tgach, ular “Yaxtadagi qotillik” detektiv komediyasida er-xotin rolini o‘ynashadi. 2023-yil mart oyida esa bu baxtsiz hodisalarning davomi — “Parijdagi qotillik” filmi ekranlarga chiqdi.

Vinsan Kassel va Monika Belluchchi

Foto: AdMe

Kinoning eng yorqin juftliklaridan biri hisoblangan aktyorlar 8 ta filmda birga rol ijro etgan. Aktyorlar 1996-yilda “Kvartira” filmining suratga olish maydonchasida tanishadi. Monika va Vinsent kadrda shunchalik tabiiy ko‘rinadiki, rejissorlar juftlikni yana va yana birgalikdagi rolga taklif qilishadi. Ular o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat ekranda, balki hayotda ham davom etadi.

Afsuski, 2013-yilda ajrashgandan so‘ng, ular qo‘shma loyihalarda birgalikda rol o‘ynashmaydi.

Gal Gadot va Dueyn Jonson

Foto: AdMe

“Forsaj” franshizasining 4 ta filmida birga suratga tushishdan tashqari, aktyorlar “Qizil xabarnoma” jangovar komediyasida ham birga rol o‘ynashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »