Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda to‘qqiz yoshli bola ilon chaqishi oqibatida kasalxonada vafot etdi. Bu haqda AstanaTV xabar berdi.

Foto: AstanaTV

Hodisa Olmaota viloyati Kegen qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Bola og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Unda o‘pka shishi qayd etilgan. Bemor zudlik bilan intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Ilon zahariga qarshi zardob berilgan. Bir necha soatdan keyin protsedura takrorlangan. Ammo bemorning ahvoli keskin yomonlashgan.

“Bolaning ahvoli og‘ir bo‘lgani uchun uni qutqara olmadik, chunki unda ko′plab asoratlar qayd etilgandi. Toksik gepatit, toksik nefrit bor edi. Oxir-oqibat, uning ko‘p a’zolarida yetishmovchilik kuzatildi”, — deydi Kegen tuman shifoxonasi bosh shifokori o‘rinbosari Murat Serikuli.
  • Olmaota viloyatida yil boshidan beri o‘n bir kishini ilon chaqqan; 
  • 2022-yili esa 24 kishi shifokorlarga murojaat qilgan;
  • So‘nggi hodisaga qadar qurbonlar bo‘lmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »