Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston turizm targ‘ibotini xorijda tashkil qilish maqsadida Netflix va Amadeus onlayn-striming platformalari bilan hamkorlik masalasida kelishuvga erishdi. Bu haqda madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov “O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi” mavzusidagi xalqaro anjumanda ma’lum qildi.

Foto: Turizm va madaniyat vazirligi

Qayd etilishicha, 2023-yilning yanvar—iyun oylarida madaniyat muassasalari tarmog‘ini yanada kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlash, shuningdek, aholiga sifatli madaniy va ko‘ngilochar xizmatlar ko‘rsatish maqsadida qiymati 144,2 milliard so‘m bo‘lgan 33 ta davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolangan.

Shuningdek, turizm targ‘ibotini xorijda tashkil qilish yo‘nalishida Buyuk Britaniyaning BBC, AQSHning CNN, Yevropaning Euronews jahon telekompaniyalari, AQSHning yirik Netflix va Amadeus onlayn-striming platformalari, Xitoyning “Trip.com” onlayn-sayohat platformasi, Birlashgan Arab Amirliklarining Holiday factory sayyohlik kompaniyasi, Visa Fasilitation Services Global kompaniyasi maʼmuriyati bilan turizm salohiyatini targ‘ib qilish yuzasidan kelishuvga erishilgan.

2023-yilda mamlakatga 10 million nafar xorijiy sayyoh jalb qilinib, 20 million nafar mahalliy aholining sayohatlari tashkil etiladi. Buning natijasida 2 milliard dollar miqdorida turizm xizmatlari eksporti amalga oshiriladi.

“Yil yakuniga qadar ziyorat turizmi yo‘nalishida Turkiya, Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Bangladesh, Yaponiya, Isroil, Hindiston hamda MDH davlatlaridan 1,2 million nafar ziyoratchilar jalb qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Sayyohlar soni va xizmatlar eksporti

  • Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019-yilda respublikaga kirib kelgan sayyohlar soni 2016-yilga nisbatan 3,3 baravarga oshgan.
  • O‘sha yili qariyb 6,7 million nafar turist O‘zbekistonda sayohat qilgan.
  • Buning natijasida 1,6 milliard dollarlik turistik xizmatlar eksporti amalga oshirilgan.
  • Mazkur ko‘rsatkich 2016-yilda 430,7 million dollarga teng bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »