Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kimlar infarkt xavfi ostida? Agar siz bir yil ichida ushbu ro‘yxatdagilarning birortasi bilan og‘rigan bo‘lsangiz, ayniqsa, yurakni ehtiyot qilishingiz kerak.

Foto: “Noviy Ochag”

Yurak kasalligi bo‘lgan odamlarda koronavirus uchun alohida xavf mavjud: allaqachon zaiflashgan yurak ortiqcha yukka bardosh bera olmaydi va odam o‘limga yuz tutadi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, bu yurak salomatligiga tahdid soladigan yagona kasallik emas. Gripp, shamollash va bronxit ham yurak uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Birinchidan, yuqumli kasalliklar har doim organizmni yanada intensiv ishlashga majbur qiladi. Bordi-yu, yurak zaiflashgan bo‘lsa, bu keskinlik yurak xurujini qo‘zg‘atish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, infeksiya organizmda yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi va bu o‘z navbatida tomirlarda zararli blyashka shakllanishini tezlashtirishi va ularning tiqilib qolishiga olib kelishi mumkin.

Gripp

Foto: Google Image

Gripp infarkt va insult xavfini sezilarli darajada oshiradigan kasalliklardan biridir. London Gigiyena va tropik tibbiyot maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tashxis qo‘yilgandan keyingi dastlabki kunlarda xavf keskin oshadi. Biroq emlash xavfni kamaytirishga yordam beradi va nafaqat grippdan, balki infarktdan ham himoya qiladi.

Bronxit

New England Journal of Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, bu nafas olish yo‘llari infeksiyasi yurak xuruji xavfini besh barobarga, insultni esa uch barobarga oshiradi. Eng xavfli davr — tashxis qo‘yilgandan keyingi dastlabki kunlar, ammo tiklanishdan keyin uch oy ichida u asta-sekin yo‘qoladi. Shunday qilib, siz bronxit bilan og‘rigan bo‘lsangiz, tuzalganingizdan keyin kamida uch oy davomida yuragingizni ehtiyot qiling!

Pnevmoniya

Foto: Google Image

Yevropa Profilaktik Kardiologiya jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizilgan odamlarda yurak xuruji xavfi olti barobar ortadi. Va eng yomoni, ortib borayotgan xavf kasalxonaga yotqizilganidan keyin kamida besh yil davom etadi. Agar sizda pnevmoniya bo‘lsa, yurak muammolarining dastlabki belgilarini o‘tkazib yubormaslik uchun ehtiyot bo‘lishingiz kerak.

Siydik yo‘llari infeksiyalari (UTI)

Qariyb 35 ming nafar bemorni qamrab olgan tadqiqot oldingi siydik yo‘llari infeksiyalari bilan yurak xuruji va insult xavfi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlikni tasdiqladi.

Sepsis

Foto: Google Image

Sepsis bilan og‘rigan odamlarda to‘liq tuzalib ketganidan keyin ham uzoq vaqt davomida infarkt va insult xavfi yuqori bo‘lib qoladi. Gap shundaki, sepsis tizimli yallig‘lanishni keltirib chiqaradi, bu infeksiya davolangandan keyin uzoq vaqt davomida oraganizmda saqlanib qoladi. Bu bilan insult yoki yurak xuruji rivojlanishi mumkin. Qon zaharlanishining yashirin belgilarini o‘rganish ham foydalidir, ularni vaqtida ajratib olish lozim.

Og‘iz bo‘shlig‘i infeksiyalari

Tishlarimizning salomatligi yurak salomatligiga bevosita bog‘liq: tish kasalliklari, gingivit va periodontit kabi yurak kasalliklari rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Yiliga ikki marta tish shifokoriga boring va og‘iz bo‘shlig'i gigiyenasi qoidalariga rioya qiling. Bu bilan siz nafaqat tishlaringizni, balki yuragingizni ham himoya qilasiz!

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »