Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘ldi. Bu haqda alyans rahbari Yens Stoltenberg Vilnyusdagi NATO sammiti arafasida Turkiya rahbari, Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan muzokaralar yakunlarida ma’lum qildi, deb yozmoqda BBC News.

Foto: EPA

Twitter’dagi sahifasida Stoltenberg Erdo‘g‘on “Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini ratifikatsiya qiluvchi protokolni imkon qadar tezroq parlamentga yuborishga va uning ratifikatsiya qilinishini ta’minlashga rozi bo‘lganini” yozdi. Turkiya parlamenti Shvetsiyaning arizasini kuzgi sessiyada ma’qullashi kutilmoqda.

“Bu NATO ittifoqchilarining barchasini kuchliroq va xavfsizroq qiladigan tarixiy qadamdir”, — dedi alyans bosh kotibi.

AQSH prezidenti Jo Bayden Erdo‘g‘onning qarorini olqishladi.

Turkiyaning Anadolu davlat agentligi ham mamlakat Shvetsiyaning NATOga aʼzoligi haqidagi protokollarni ko‘rib chiqish uchun parlamentga yuborishini va “ularni tasdiqlash uchun yaqindan hamkorlik qilishi”ni yozdi.

O‘z navbatida Stokgolm Anqaraning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi va viza rejimini liberallashtirish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga vaʼda berdi, shuningdek, Turkiyada terrorchi deb hisoblangan tashkilotlarga yordam bermasligini tasdiqladi.

Shvetsiya NATOga, Turkiya Yevropa Ittifoqiga intilmoqda

Shvetsiya 2022-yilning yozida Finlyandiya bilan birgalikda NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Mamlakatlar Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini fonida alyansga qo‘shilish haqida qaror qabul qilgan. NATOga a’zo bo‘lish uchun nomzod davlatning arizasi alyansning barcha a’zolari tomonidan ma’qullanishi kerak.

Yakunda faqat Finlyandiya 2023-yil aprel oyida NATOga qo‘shildi. Turkiya Shvetsiyaning alyansga kirishiga bir qancha shartlar bilan qarshi chiqdi. Xususan, Anqara Stokgolmdan Turkiya rasmiylari terrorchilikda ayblayotgan shaxslarni ekstraditsiya qilishni, shuningdek, Turkiya terrorchi tashkilot deb hisoblagan Kurdiston ishchilar partiyasi “faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslikni” talab qildi.

10-iyul kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on agar uning mamlakati Yevropa Ittifoqiga qabul qilinsa, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ko‘rib chiqishni ma’qullashga tayyorligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »