Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya uchish masofasi kamida 250 kilometr bo‘lgan SCALP raketalarini (Storm Shadow’ning farnsuz varianti) Ukrainaga berishga qaror qildi.

Foto: Times

Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron NATOning Vilnyusdagi sammiti birinchi kunida ma’lum qildi, deb yozmoqda Le Monde nashri.

 “Bugun Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, NATOning birligi haqida signal berish uchun muhim kun, deb o‘ylayman”, — dedi Fransiya rahbari.

Shu tariqa Fransiya Ukrainani bunday qurollar bilan ta’minlagan ikkinchi davlatga aylanadi. Avval Buyuk Britaniya Ukrainaga uzoq masofali Storm Shadow raketalarini yuborgan edi.

CNN Storm Shadow Rossiya nazoratidagi hududga zarba berish uchun yetarli imkoniyatga ega ekani haqida yozdi. Biroq Buyuk Britaniya ushbu raketalarni Ukrainaga faqat “Ukrainaning suveren hududida” qo‘llanilishi sharti bilan berganini ta’kidlaydi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Fransiyaning Kiyevga raketa berish haqidagi qarorini “xato” deb atadi va buning Ukraina uchun oqibatlaridan ogohlantirdi.

 “Bu Ukraina tomoni uchun muayyan oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki, tabiiyki, bu bizni qarshi choralar ko‘rishga majbur qiladi. Bunday qarorlarga nisbatan prinsipial yondashuvimizni yana bir bor takrorlaymiz: bu qarorlar maxsus harbiy operatsiya doirasidagi voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Ular Ukrainaning, Kiyev rejimining taqdirini faqat og‘irlashtirishi mumkin”, — dedi Peskov.

7-iyul kuni AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Kiyevga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berish rejasini ma’lum qildi. Oq uy Ukrainada bunday snaryadlardan foydalanish tinch aholi uchun xavf tug‘dirishini tan olgan, shuning uchun AQSH ularni topshirish qarorini keyinga qoldirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »