Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Litva prezidenti Gitanas Nauseda NATO 1997-yilda imzolangan Rossiya bilan munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risidagi aktni bekor qilishi kerakligini aytdi. Ushbu akt Rossiya bilan chegarada doimiy harbiy bazalar qurishni taqiqlaydi.

Foto: Reuters
“Rossiya Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirish bo‘yicha faol qadamlar qo‘ygan paytda — buni isbotlovchi dalillar bor — biz uzil-kesil Rossiya—NATO ta’sis aktini o‘lik, deb e’lon qilishimiz kerak”, — dedi Nauseda The Times nashriga.

Uning fikricha, bu akt amalda ekan, Yevropa poytaxtlarining hushyor fikrlashiga xalal beradi va ularni strategik noaniqlik zonasida ushlab turadi.

The Times ta’kidlaganidek, NATO xalqaro kuchlari Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari singari to‘qqizta mamlakatda joylashgan. Biroq ular rotatatsiya bo‘yicha ishlaydi va ko‘pincha olti oydan so‘ng boshqa mamlakatga olib ketiladi, chunki Rossiya bilan hamkorlik shartnomasi sobiq sharqiy blokning katta qismida doimiy bazalar o‘rnatishni taqiqlaydi.

Nauseda Ukrainaning NATOdagi istiqbollari haqida ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, 2008-yilda Buxarestdagi sammit yakunlarida aytilgan so‘zlarni Vilnyusdagi sammitda takrorlash xato bo‘ladi. Litva prezidentining fikricha, “Ukrainaga alyansga kirish uchun eng aniq va qisqa yo‘l”ni belgilash zarur, chunki bu Ukraina armiyasining ruhini ko‘taradi. U Ukrainaning “urush holatida” NATOga a’zo bo‘lishi mumkin emasligini tan oldi, ammo urushdan keyingi harakatlar bo‘yicha aniq signallar berish kerakligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Litva prezidenti Gitanas Nauseda Amerika qo‘shinlarini mamlakatda doimiy ravishda joylashtirish iltimosi bilan AQSH rasmiylariga murojaat qilmoqchi ekanini, shuningdek, Litvada xorijiy harbiy kontingentni ko‘paytirish bo‘yicha Germaniya bilan muzokaralar olib borishini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »