Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yashovchi o‘smir kana chaqishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Orda.kz” xabar berdi.

Foto: Shutterstock

Iyun oyida 15 yoshli bolakay hasharot chaqqanidan keyin Qrim-Kongo gemorragik isitmasi bilan kasallangan. Sog‘lig‘i yomon bo‘lishiga qaramay, o‘smir va uning ota-onasi uzoq vaqt davomida shifokorlarga murojaat qilmagan. Ular kasalxonaga borishga qaror qilganda allaqachon kech bo‘lgan — o‘smir vafot etgan.

Turkiston viloyati sanitar shifokorlarining ma’lum qilishicha, yoz boshidan buyon 985 nafar fuqaro kana chaqishi shikoyati bilan tibbiyot muassasalariga murojaat qilgan. Barcha jabrlanganlar kuzatuvga olingan, kanalar tekshirilgan. Hozirgacha Qozog‘istonda 48 nafar bemorda xavfli isitma borligi gumon qilinmoqda.

“To‘qqiz kishiga tashxis qo‘yilgan. Sauran viloyatida ikki kishi kasallangan, 7 ta viloyatda bittadan kasallanish holati aniqlangan”, — deydi viloyat Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Baxtioraz Yelemesov.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Turkiston viloyatida chorvachilik yuqori darajada rivojlangani tufayli Kongo-Qrim gemorragik isitmasi tabiiy o‘choqqa aylangan. Xavfli virus odam tanasiga kana chaqishi yoki kasallangan hayvon va odamlarning ochiq yarasi bilan  aloqa qilish orqali kiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »