Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” Shvetsiyada Qur’on yoqib yuborilganini yana bir bor qoralab, ushbu davlatning Afg‘onistondagi barcha muassasalari faoliyatini taqiqlashini e’lon qildi. Bu haqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri xabar berdi.

Foto: Etilaatroz

“Tolibon” 11-iyul kuni bergan bayonotida shunday deyiladi:

“Islom amirligi Shvetsiya hukumati musulmonlardan bu qabih ish uchun kechirim so‘ramaguncha, mamlakatning Afg‘onistondagi barcha muassasalari faoliyatini to‘xtatib turishni buyuradi”.

“Tolibon” bayonotida boshqa davlatlar, xususan, islomiy davlatlar bundan keyin Shvetsiya bilan “o‘zaro munosabatlarini” qayta ko‘rib chiqishi so‘raladi.

Shvetsiyaning Afg‘onistonda diplomatik vakolatxonasi yo‘q, mamlakat “Tolibon” hukumati bilan aloqa o‘rnatmagan. Ammo shved muassasalari, jumladan, Shvetsiya qo‘mitasi Afg‘onistondagi muhtojlarga yordam beradi. “Tolibon”ning buyrug‘i ularning yordamini to‘xtatadi.

28-iyun kuni Stokgolmda iroqlik erkak Qur’onni yoqib yubordi. Politsiya so‘z erkinligini himoya qilish maqsadida aksiyaga ruxsat berganini da’vo qildi. Iroqdagi Shvetsiya elchixonasi yaqinida yuzlab iroqliklar norozilik bildirdi, bir necha o‘nlab namoyishchilar binoga bostirib kirishga urindi. 

Iroq Tashqi ishlar vazirligi Stokgolmda Qur’onni yoqqan 37 yoshli qochqin Salvan Momikani ekstraditsiya qilishga chaqirdi.

Hozirda Shvetsiya hukumati Qur’on va boshqa muqaddas kitoblarni oshkora yoqishni taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Hukumat vaziyatni tahlil qilib, qonunga o‘zgartirish kiritish zarur yoki yo‘qligi haqida yakuniy qarorga keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »