Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar hokimining “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatiga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

Hujjatga ko‘ra, “Toshshahartransxizmat” AJga respublika budjetidan Toshkent shahar mahalliy budjetiga ajratilgan ssuda mablag‘lari hisobidan Cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatish munosabati bilan shahar yo‘lovchi tashish transporti tashuvchilari ko‘radigan zararlarni qoplash xarajatlari uchun 18 milliard so‘m ajratiladi.

Poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi yig‘ilishiga ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha hisobot kiritadi. O‘z navbatida “Toshshahartransxizmat” ajratilgan mablag‘larning o‘rnatilgan tartibda maqsadli sarflanishini ta’minlaydi.

Aprel boshida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Xitoydan olib kelingan 268 ta avtobus va elektrobuslarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Ushbu jamoat transporti vositalarining 101 tasi elektrobus, 109 tasi gazda harakatlanuvchi (12 metrli) avtobus, 48 tasi katta sig‘imli (“garmoshka”) avtobuslardir. Mazkur avtobus va elektrobuslar King long va Yutong kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan.

Avtobuslarda “kunlik planlar”ning bekor bo‘lishi

Toshkentda 5-may kunidan boshlab, 5, 11, 18, 19, 37, 44, 67, 77, 83, 136, 139, 142, 72 va 81-sonli poytaxt bo‘ylab harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan

Brutto-shartnomalar — bu yo‘lovchi tashishni tashkil etish modeli bo‘lib, unda barcha tushumlar shahar budjetining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi va shahar maʼmuriyati yo‘lovchi tashuvchiga yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lovlarni bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib, sifat nazorati ostida o‘tkazib beradi.

Qulay tariflar

Mazkur qaror bilan jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish belgilangan. Gap bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar qo‘llanilishi haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan foydalanishda, uning turidan qat’i nazar, kunlik, bir, uch va olti oylik, yillik cheklangan va cheklanmagan tarif rejalari joriy etilishi kutilmoqda. Yo‘nalishlarda yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflar belgilanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »