Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojinning isyonidan so‘ng, generallar qatorida Sergey Surovikin ham jamoat maydonidan g‘oyib bo‘ldi. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi razvedka ma’lumotlariga tayanib, bu haqda xabar berdi.

Foto: “Kremlin.ru”

10-iyul kuni Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i general Valeriy Gerasimov ilk bor televideniyeda chiqdi. U Rossiya Aerokosmik kuchlari bosh shtabi boshlig‘i, general-polkovnik Viktor Afzalov bilan videohavola orqali brifing o‘tkazdi.

Britaniya razvedkasining qayd etishicha, Afzalov to‘rt yildan ko‘proq vaqt davomida bu lavozimda ishlab kelmoqda, biroq bu uning Gerasimov bilan birinchi marta omma oldida chiqishidir. Bundan oldingi brifinglarda Surovikin ko‘rinish berardi.

“Surovikinning qayerda ekani noma’lumligicha qolishi fonida Afzalovning omma oldida obro‘sining oshishi Surovikin isyondan keyin ‘chetlatilgan’ degan gipotezaga qo‘shimcha urg‘u beradi”, — deydi Britaniya Mudofaa vazirligi.

Prigojin isyonining rus generallari uchun oqibatlari

Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Vagner”ning harakatlari Rossiya xavfsizlik tizimida bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Shunday qilib, Rossiyaning bir qancha generallari, jumladan, Sergey Surovikin ham isyonchilar bilan hamkorlik qilganlikda gumon qilinmoqda.

Isyondan keyin Surovikin g‘oyib bo‘lgan. Ba’zi OAV xabarlariga ko‘ra, u Lefortovo tergov izolyatorida saqlanmoqda.

“Bugungi kunda VIP-mahbuslar orasida Sergey Surovikin o‘tgan hafta oxirida 99/1 tergov izolyatoriga kelgani haqida ma’lumot tarqala boshladi”, — deydi boshqalar.

Amerika urushni o‘rganish instituti o‘z hisobotida Kreml Surovikindan aybdor sifatida foydalanishi mumkinligini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »