Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oxirgi marta raketa uchirganidan qariyb bir oy o‘tib Shimoliy Koreya yana uzoq masofali ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda 12-iyul kuni Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi. Sinov haqidagi ma’lumotni yapon harbiylari tasdiqladi.

Foto: Reuters

Parvoz masofasi 1 000 kilometrni tashkil etgan, raketa uni 74 daqiqada bosib o‘tgan. Bu Shimoliy Koreya uchirgan raketalar tarixidagi eng uzoq parvozdir, deb xabar berdi TV Asahi Yaponiya mudofaa vazirligiga tayanib. Raketa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga, dengizga qo‘llagan, deyiladi NHK xabarida.

Bu KXDRning 2023-yildagi o‘n ikkinchi raketa sinovi bo‘ldi. Shimoliy Koreya bu yil birinchi marta qattiq yoqilg‘i bilan ishlaydigan qit’alararo ballistik raketani uchirdi. Pxenyanning ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirishga urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Shu bilan birga, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalari Shimoliy Koreyaga ballistik raketa texnologiyasidan foydalanishni, jumladan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishni ham taqiqlaydi.

KXDR raketasi sabab Janubiy Koreyada havo trevogasi e’lon qilingandi

31-may kuni Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi Shimoliy Koreya janubga tomon raketa uchirganini ma’lum qilgandi. Shu munosabat bilan Seulda havo hujumidan ogohlantirish e’lon qilindi, Janubiy Koreya poytaxti aholisidan evakuatsiyaga tayyor turish va birinchi navbatda “bolalar va qariyalarni xavfsiz joylarga yetkazish” so‘ralgan. Biroz vaqt o‘tgach, mamlakat Ichki ishlar vazirligi shahar hokimiyati tomonidan yuborilgan ogohlantirish “noto‘g‘ri tashkil etilgan”ini bildirgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shimoliy Koreyaning raketa uchirganiga xavotir bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »