Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

20 yoshda siz hamma narsaning uddasidan chiqishingiz mumkin, masalan, kutilmagan ziyofat, uyqusiz tun, ertalab imtihon va kunning qolgan qismida hovli tomorqasida ishlash. Ammo, afsuski, 45 yoshdan keyin butunlay boshqacha hayot tarzi boshlanadi. Bir nechta shifokorlar hayotingizning ikkinchi yarmida o‘zingizni yaxshi his qilishingiz uchun nimalar qilmaslik kerakligini sanab o‘tdi.

Foto: The Voice Mag

Saraton tekshiruvlarini o‘tkazib yubormang

Tibbiyot fanlari doktori, oilaviy shifokor Aleksandra Albanesening so‘zlariga ko‘ra, 50 yoshdan keyin saraton kasalligini aniqlash uchun barcha tavsiya etilgan tekshiruvlardan o‘tish nihoyatda muhimdir. Avvalo, yo‘g‘on ichak saratoni uchun skriningni kechiktirishni to‘xtatish maslahat beriladi. Dastlab kolonoskopiya qildirgan ma’qul. Bundan tashqari, ayollar mammografiya haqida unutmasliklari kerak. 40 yoshdan keyin bu tekshiruv kamida ikki yilda bir marta amalga oshirilishi zarur.

O‘zboshimchalik bilan davolanish yaramaydi

Tibbiyot fanlari doktori va bariatrik jarroh Kevin Xaffmanning qayd etishicha, bu shifokorlar duch keladigan eng katta muammolardan biri. Ko‘p bemorlar sog‘lig‘ini qo‘shimchalar, cheklovchi diyetalar yoki detoks marafonlari bilan yaxshilashga qaror qilishadi.

“Agar siz muqobil davolash usullariga murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, mutaxassisdan maslahat so‘rang. Ba’zida bu usullar zararli bo‘lishi yoki hozirgi davolash rejimingizga mos kelmasligi mumkin”, deydi u.

Doktorga yolg‘on gapirmang

Foto: Google Images

40 yosh — o‘zimizga bo‘lgan ishonchimiz ortgan yoshdir. Bu yaxshi, lekin siz o‘zingizga haddan tashqari ishonib, mustaqil ravishda davolashga qodir ekaningizga qaror qilmang. Shifokorning retseptisiz ba’zi dori-darmonlar va qo‘shimchalarni qabul qilishni boshlamang. Xaffman hech qachon shifokorga yolg‘on gapirmaslikni va xatolarni tan olishni maslahat beradi. Faqat shu tarzda o‘zingizni yanada ko‘proq zararlardan himoya qila olasiz.

Juda qattiq ishlamang

Foto: Google Images

Agar sizga sekinlashish uchun sabab kerak bo‘lsa, unda tibbiyot fanlari doktori Maykl Grin 45 yoshdan keyin vazifadan tashqari ishlarga yondashuvingizni qayta ko‘rib chiqishni qat’iy tavsiya qiladi. Shuningdek, u jismoniy mashqlar, meditatsiya, nafas olish mashqlari yoki yurish uchun qisqa tanaffuslar qilishni maslahat beradi. Bularning barchasi stressni yengishga yordam beradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »