Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Twitter sobiq xodimlari kompaniya ularga kamida 500 million dollar miqdoridagi ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lashdan bosh tortayotgani yuzasidan jamoaviy da’vo qo‘zg‘atdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Foto: Getty Images

San-Fransisko federal sudiga Kortni Makmillian tomonidan ariza berilgan, u 2023-yil yanvar oyida ishdan bo‘shatilgunga qadar xodimlarga nafaqa berish dasturlariga mas’ul bo‘lim boshlig‘i edi.

Uning aytishicha, 2019-yilda Twitter tomonidan qabul qilingan ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi rejada ko‘pchilik xodimlarga ikki oylik ish haqi hamda ular ishlagan har bir yil uchun qo‘shimcha bir haftalik ish haqi to‘lanishi aytilgan.

Makmillianning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya aksariyat xodimlarga ishdan bo‘shatish nafaqasini umuman to‘lamagan, ba’zilarga faqat bir oylik maosh to‘lab berilgan.

Bu Twitter xodimlarining ishdan bo‘shatilish sabab birinchi marta sudga murojaat qilishi emas, ammo avvalgi sud jarayonlari, asosan, mehnat shartnomalari buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Jumladan, iyun oyida Twitter kompaniyasi sobiq xodimlariga shartnoma bo‘yicha bonuslar sifatida millionlab dollarlarni to‘lamaganlikda ayblanib, kompaniyaga qarshi jamoaviy da’vo qo‘zg‘atilgan edi. Shu bilan birga, yangi sud jarayonida kompaniya ijtimoiy nafaqalar to‘g‘risidagi federal qonunni buzganlikda ayblanmoqda.

Twitter’dan izoh so‘ragan Reuters’ga emoji bilan javob keldi. Agentlik buni kompaniyada OAV bilan aloqalar bo‘limi yo‘q, deb tushuntirdi.

  • Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask 2022-yil oktabr oyi oxirida Twitter egasiga aylangandi. U zudlik bilan Twitter’da keng ko‘lamli qisqartirishlarni amalga oshirdi va buni zararga kirayotgan kompaniyani qayta qurish bilan izohladi. Reuters xabar berishicha, Mask xodimlarning yarmiga yaqinini ishdan bo‘shatgan, qolganlarini esa qo‘shimcha ish qilishga majburlagan. Shundan keyin yana yuzlab xodimlar kompaniyani tark etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »