Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Daniya va Niderlandiya boshchiligidagi 11 ta davlatdan iborat koalitsiya ukrainalik uchuvchilarni Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘qitishni boshlashga tayyorligini rasman ma’lum qildi. Ammo ular Vashington rasmiy ruxsat bermaguncha ishga kirisholmaydi, deb yozdi Politico.

Foto: AP Photo

Nashrning yozishicha, koalitsiya mashg‘ulotlarni avgust oyida boshlashni kutmoqda, o‘shanda Ruminiyadagi o‘quv markazi o‘z ishini boshlashi kerak. Biroq mashg‘ulotlarning aniq boshlanish sanasi AQSH Davlat departamenti tomonidan belgilanadi, u koalitsiyaning ekspluatatsion qo‘llanmalar, parvoz simulyatorlari va samolyotlarga tegishli boshqa materiallarni topshirish bo‘yicha so‘rovini rasman imzolashi kerak.

Bu qachon bo‘lishi noma’lum. Pentagon vakili Garron Garnning so‘zlariga ko‘ra, so‘rov “hali ko‘rib chiqilmoqda”.

O‘z navbatida, Politico prezident Jo Bayden dasturni ma’qullashga va’da berganini, biroq ilg‘or harbiy texnologiyalar transferini ma’qullash uchun vaqt kerakligini eslatdi.

May oyida Buyuk Britaniya va Niderlandiya Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish va ukrainalik uchuvchilarni G‘arb samolyotlarida o‘qitish bo‘yicha koalitsiya tuzishni taklif qilgandi. Keyinchalik AQSH Yevropa davlatlari tomonidan Kiyevga qiruvchilar berilishiga qarshi emasligi ma’lum bo‘ldi. Biroq bu haqda rasman e’lon qilinmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »