Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha Janubiy Koreyadan FA-50 va AQSHdan F-35 samolyotlarini olayotgani munosabati bilan o‘zining MiG-29 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga topshiradi. Bu haqda Polsha prezidenti Anjey Duda avstriyalik hamkasbi Aleksandr van der Bellen bilan Venada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Foto: PAP

“O‘zimizdagi MiG-29 samolyotlarining barchasini bosqichma-bosqich jo‘natishimiz ehtimoli katta”, — dedi Duda.

Janubiy Koreyaning FA-50 samolyotlari birinchi partiyasini Polshaga yetkazib berish 2023-yilga mo‘ljallangan.

Dudaning qayd etishicha, Polsha Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha AQSH va Buyuk Britaniyadan keyin uchinchi o‘rinda turibdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Varshava Kiyevga 300 dan ortiq PT-91 va T-72 tanklari, shuningdek, Leopard 2 tanklarini, Krab o‘ziyurar artilleriya moslamalarini, Piorun zenit-raketa tizimlarini topshirgan.

Aprel boshida Duda Polsha allaqachon sakkizta MiG-29 qiruvchisini Kiyevga yetkazib berganini va shu turdagi oltita qiruvchini topshirishga tayyorlanayotganini aytgandi.

Ukraina AQSHdan ham qiruvchilar so‘ramoqda

12-aprel kuni Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuvda uzoq masofali raketalar, F-15 va F-16 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari, shuningdek, qo‘shimcha zirhli mashinalar va boshqa qurollarni Kiyevga berishni so‘ragandi.

AQSH senatorlari bir necha bor siyosiy va harbiy rahbariyatni Ukrainaga zamonaviy qiruvchi samolyotlarni topshirishga chaqirgan.

Oq uy esa AQSH boshqa davlatlarning Ukrainaga qiruvchilar berishini olqishlashi, biroq Amerika hukumatining o‘zi bunday yordamni va’da bermasligi haqida ma’lum qilgan.

AQSH prezidenti Jo Bayden ABC kanaliga bergan intervyusida “Ukrainaga hozir F-16 qiruvchilari kerak emas” degan. Keyinroq AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Baydenning so‘zlarini tushuntirib, Oq uy urushda Ukrainaning shoshilinch ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yib kelayotganini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »