Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Belarus Mudofaa vazirligi “Vagner” bilan hamkorlik qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Belarus harbiylari va “vagnerchi”lar qachongacha birgalikda mashg‘ulot o‘tashi borasidagi “ko‘plab savollar”ga javoban xabar berdi.

“Sizlarga shuni maʼlum qilamizki, harbiy vazirlik va kompaniya rahbariyati yaqin istiqbol uchun harbiy xizmatning turli bo‘g‘inlarini tayyorlash va tajriba almashish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqdi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

14-iyul kuni Belarus Mudofaa vazirligi Mogilev viloyatida, Osipovichi shahri yaqinida mamlakat hududiy mudofaasiga harbiy xizmatga chaqirilganlar uchun “o‘quv maydonlari” yaratilgani, u yerda “Vagner” yollanma askarlari instruktor sifatida ishlayotgani haqida e’lon qilgandi.

“VoenTV” telekompaniyasining videoroligida aytilishicha, Belarus harbiylari “Vagner” instruktorlari rahbarligida jang maydonida harakatlanish va taktik o‘q otish ko‘nikmalarini o‘zlashtirmoqda, muhandislik mashg‘ulotlari va taktik tibbiyot bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lmoqda.

23—24-iyun kunlari ko‘tarilgan “Vagner” isyonidan so‘ng, kompaniya asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya va Belarus hukumati bilan o‘zining Belarusga “ketishi” haqida kelishib olgandi. Yollanma askarlarga uyga qaytish, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash yoki Belarusga ketish taklif qilingan.

Qancha “vagnerchi” Belarusga borishga rozi bo‘lgani noma’lum. Iyul oyi boshida “Belaruski Gayun” monitoring guruhi respublikada 200 ga yaqin yollanma askar bo‘lishi mumkinligini xabar qildi. 15-iyul kuni guruh kanalida Belarusga 60 ta yengil va yuk mashinalaridan iborat katta karvon yetib kelganini haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. “Belaruski Gayun” bularni “Vagner” kolonnasi deb hisoblamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »