Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin Sankt-Peterburgda, dedi Aleksandr Lukashenko 6-iyul kuni jurnalistlarga. Rossiya rasmiylariga ishonilsa, “Vagner” isyonidan keyin Prigojin Belarusga ketgan bo‘lishi kerak edi.

Foto: Reuters
“U Belarus hududida emas”, — deb Lukashenkoning so‘zlaridan iqtibos keltirdi “Pul Pervogo” Telegram kanali.

Lukashenkoning aytishicha, “Vagner” yollanma askarlari, “o‘z lagerlarida”. U aynan qayerda joylashgan lagerlar haqida gap ketayotganini ochiqlamadi. Avvalroq Belarusning Mogilev viloyatida “Vagner” bo‘linmalarini joylashtirish uchun chodirli lager qurilayotgani xabar qilingandi.

Yevgeniy Prigojin 23-iyun kuni kechqurun isyon ko‘tardi. “Vagner” yollanma askarlari qarshiliksiz Rostov-Donga kirib keldi. Prigojin askarlar “adolat marshi” bilan Moskvagacha borishini aytdi. Isyonchilar Rossiya poytaxti tomonga bir necha yuz kilometr yurdi, ammo 24-iyun kuni kechqurun Prigojin ortga qaytishni e’lon qildi.

Bu qaror Prigojin va Lukashenko o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng qabul qilingan, unda Prigojindan “Belarusga ketish” so‘ralgan. Rossiya hukumati yollanma askarlarga bir nechta variantni taklif qildi: “Belarusga ketish”, Rossiya Mudofaa vazirligi yoki boshqa huquqni muhofaza qilish organlari bilan shartnoma tuzish, harbiy xizmatni tark etib, oilasiga qaytish.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »