Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin harbiy isyon ko‘targanidan keyin uning Sankt-Peterburg yaqinida joylashgan Shimoliy Versal qishlog‘idagi dala uyida tintuv o‘tkazilib, katta miqdordagi pullar va boshqa buyumlar musodara qilingan edi. 6-iyul kuni qator ommaviy axborot vositalarida Prigojinning uyidan tintuv vaqtida olingan tasvirlar paydo bo‘ldi.

Foto: Telegram

“Fontanka” nashri tomonidan eʼlon qilingan suratlarda Prigojinning uyidan topilgan bir qancha buyumlar, jumladan, ko‘plab orden va medallar taqib qo‘yilgan kiyim, muhim uchrashuvlar paytida eshikka tirab qo‘yiladigan ulkan bosqon (kuvalda) kabilarni ko‘rish mumkin. 

Foto: “Fontanka”
Foto: “Fontanka”

Yana bir eʼtiborni tortuvchi buyum devorga osib qo‘yilgan boshi uzilgan terrorchi jasadining tasviri bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, mazkur surat Suriyada olingan.

Foto: “Fontanka”

Suratlar orasida Prigojinga isyondan roppa-rosa bir yil avval – 2022-yilning 20-iyunida topshirilgan Rossiya Federatsiyasi qahramoni unvoni sertifikati ham bor.

Foto: “Fontanka”

Bundan tashqari, Prigojinning uyidan COVID pandemiyasi vaqtidan saqlanib qolgan, to‘liq jihozlangan tibbiyot xonasi ham topilgan. Bu yerdagi qurilmalar reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlarida foydalaniladi.

Foto: “Fontanka”

“Fontanka”dan tashqari “Izvestiya” nashri ham bir qancha suratlarni eʼlon qildi. Ular orasida Prigojinning uyidan topilgan ko‘plab qurol-yarog‘lar, pariklar, soxta hujjatlar, bir nechta oltin quymalari va katta miqdordagi pullar bor.

Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram

“Vagner” rahbarining uyida fitnes zali va ibodat xonasi ham bor.

Foto: Telegram

Avvalroq Prigojinga dala uyida tintuv o‘tkazish chog‘ida olib qo‘yilgan “Glok” pistoleti va qutilardan topilgan 10 milliard rubl ham qaytarilgandi. Pistoletni “Vagner” yetakchisiga Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu hadya qilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »