Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Mudofaa vazirligining Telegram kanalida vazirlik rahbari Sergey Shoyguning “G‘arbiy kuchlar guruhi tuzilmalaridan birining frontoldi qo‘mondonlik punktiga” tashrif buyurgani aks etgan video e’lon qilindi.

“Rossiya harbiy vazirligi rahbari guruh qo‘mondoni, general-polkovnik Yevgeniy Nikiforovning hisobotini eshitdi va qo‘mondonlar bilan yig‘ilish o‘tkazdi”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Bu Rossiyada “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin tomonidan uyushtirilgan isyondan keyin Shoyguning jamoatchilik oldida birinchi marta ko‘rinishi. 23-iyun kuni kechqurun Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni “Vagner” lagerlariga raketa hujumi uyushtirishga ruxsat berishda aybladi. Shundan so‘ng Prigojin “adolat marshini” boshlashga va’da berdi. O‘sha kecha “Vagner” yollanma askarlari Rostov-Donga kirib kelishni boshladi, shundan so‘ng ularning bir qismi Moskvaga jo‘natildi.

“Vagner” bo‘linmalari Rossiya poytaxtigacha yetib bormadi. 24-iyun kuni kechqurun Prigojin Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralardan so‘ng yollanma askarlar “o‘z kolonnalarini burib, qarama-qarshi yo‘nalishda dala lagerlariga jo‘nab ketishini” ma’lum qildi. Isyon payti Shoygu na jamoat oldida ko‘rindi, na nima bo‘layotganiga izoh berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »