Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya hukumati “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin tomonidan uyushtirilgan isyonga urinish haqida hech kimga tushuntirish berishga majbur emas. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov matbuot anjumanida g‘arblik jurnalistning Rossiyadagi isyon fonida vaziyat barqarormi, degan savoliga javoban gapirdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”
“Biz hech kimga hech narsani tushuntirishga, qandaydir ishonch berishga majbur emasmiz, biz shaffof ish qildik, prezident shu mavzuda gapirdi, mamlakatimizning barcha siyosiy kuchlari gapirdi. Agar G‘arbda kimdadir shubha bo‘lsa, bu sizning muammoyingiz. Rossiya har doim har qanday mushkul vaziyatdan chiqadi, bu esa mushkul vaziyatdan balandroq, buni nomlash qiyinroq, Rossiya bundan ham chiqdi”, — dedi Lavrov.

“Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin 23-iyun kuni isyon ko‘tardi, shundan so‘ng guruhning yollanma askarlari Rostov-Donga qarshiliksiz kirib keldi. Yollanma askarlarning bir qismi federal magistral bo‘ylab Moskva tomon yo‘l oldi, marsh davomida Rossiya Mudofaa vazirligining bir nechta samolyotlari va vertolyotlarini yo‘q qildi. Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” jangchilari Moskvadan 200 kilometr uzoqlikda to‘xtagan.

Aleksandr Lukashenkoning aralashuvi bilan Prigojin yollanma askarlarni dala lagerlariga qaytarishga rozi bo‘ldi. Isyonga urinishdan keyin Rossiya Federal xavfsizlik xizmati jinoiy ish qo‘zg‘atdi, ammo tez orada uni yopdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »