Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden ukrainalik uchuvchilarni Yevropa mamlakatlarida F-16 qiruvchi samolyotlarini boshqarishga o‘qitishni ma’qulladi. Bu haqda Amerika yetakchisining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan CNN telekanaliga ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
“Prezident yashil chiroq yoqdi. Biz ukrainaliklarga yevropaliklar tayyor bo‘lishi bilanoq F-16 da mashg‘ulotlarni boshlashi uchun ruxsat beramiz, qo‘llab-quvvatlaymiz, yordam beramiz va zarur vositalar bilan ta’minlaymiz”, — dedi Sallivan.

Yevropa davlatlarining bunga hozirlik ko‘rishi uchun bir necha hafta vaqt kerak, deb qo‘shimcha qildi maslahatchi.

Vilnyusdagi sammitda NATO davlatlari ukrainalik uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha koalitsiya tuzilganini e’lon qilgandi, uning tarkibiga Daniya, Niderlandiya, Belgiya, Kanada, Lyuksemburg, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya kiradi.

15-iyul kuni Politico nashri 11 davlatdan iborat koalitsiya mashg‘ulotlarini boshlash uchun AQSHdan tasdiq kutayotgani, Vashington rasman ruxsat bermaguncha ishga kirisholmasligini xabar qildi.

Nashrning yozishicha, koalitsiya mashg‘ulotlarni avgust oyida boshlashni kutmoqda, o‘shanda Ruminiyadagi o‘quv markazi o‘z ishini boshlashi kerak. Biroq mashg‘ulotlarning aniq boshlanish sanasi AQSH Davlat departamenti tomonidan belgilanadi.

May oyida Buyuk Britaniya va Niderlandiya Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish va ukrainalik uchuvchilarni G‘arb samolyotlarida o‘qitish bo‘yicha koalitsiya tuzishni taklif qilgandi. Keyinchalik AQSH Yevropa davlatlari tomonidan Kiyevga qiruvchilar berilishiga qarshi emasligi ma’lum bo‘ldi. Biroq bu haqda rasman e’lon qilinmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »