Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyatida imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinayotgan masʼul mansabdorga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Buxoro tumani “Yangi Turmush” mahallasi hokim yordamchisi R.A. o‘z mansab mavqeyidan foydalanib, o‘zi faoliyat olib borayotgan mahalla fuqarolari — G.J., U.S., B.S. va Sh.Q.ni xabardor qilmasdan, har birining nomiga 33 million so‘mdan, jami 165 million so‘m 14 foizli imtiyozli kredit mablag‘larini olgan.

U soxta tavsiyanomalar va dalolatnomalar rasmiylashtirib, elektron bazaga kiritgan hamda “Agrobank” Buxoro tuman filialidan olgan kredit mablag‘larini o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Pora bilan qo‘lga tushgan hokim yordamchilari

May oxirlarida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida hokim yordamchisi pora olayotganida ushlangandi. Fuqaro 25 million so‘m kredit olish va tadbirkorlikni boshlash maqsadida mahallaning hokim yordamchisiga uchrashgan. Ammo hokim yordamchisi unga tavsiyanoma tekinga berilmasligini aytgan. Biroq u fuqaroga “yordam berish” uchun 100 dollar va 900 ming so‘m olayotganida qo‘lga tushgan.

Aprel oyida esa Qashqadaryoning Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlarida ikki nafar hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Ulardan biri 1,7 milliard so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan bo‘lsa, boshqasi yer bilan bog‘liq noqonuniy ishga aralashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »