Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning barcha tegishli xizmatlari va idoralari Qrim ko‘prigidagi portlashdan so‘ng ehtimoliy yangi hujumlarga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: Kremlin
“Albatta, barcha tegishli xizmatlar, bo‘limlar, hammasi ishlayapti. Biz Kiyev rejimining makkorligidan xabardormiz. Bugun Kiyev rejimi Qrim ko‘prigida yosh oilani, bir qizning ota-onasini o‘ldirdi, qizning o‘zi yarador bo‘ldi. Bu haqda hamma bilishi uchun gapirish kerak, bularning barchasi Kiyev rejimining ishi. Bunday fojialar takrorlanmasligi uchun barchamiz ishlaymiz va diqqatimizni jamlaymiz”, — dedi Peskov matbuot brifingida. Uning so‘zlaridan “Interfaks” iqtibos keltirdi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, “maxsus harbiy operatsiya”ning maqsadlari orasida Qrim ko‘prigidagi portlashga javob ham bo‘ladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17-iyul kuni kechqurun Qrim ko‘prigidagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi, unda prezident videoaloqa orqali bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullinning Qrim ko‘prigidagi vaziyatni tiklash bo‘yicha ishlarni tashkil etish haqidagi hisobotini tinglaydi.

Kreml matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada doimiy ravishda qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda.

“Biz bu terakt sabablari va uning ortida kimlar turganini bilamiz. Bu bizdan yanada sovuqqonlik, qo‘shimcha chora-tadbirlar va qo‘shimcha mehnat talab qiladi”, — dedi Peskov.

Qrim ko‘prigidagi portlashdan so‘ng Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “terrorchilar... faqat kuch tilini, faqat shaxsiy va mutlaqo g‘ayriinsoniy usullarni tushunadi”, dedi. Medvedev “terrorchilar” va “ularning qarindoshlarining uylari”ni portlatib yuborishga chaqirdi.

17-iyulga o‘tar kechasi Qrim ko‘prigida portlash sodir bo‘ldi. Rossiya rasmiylarining da’vo qilishicha, Ukrainaning yer usti uchuvchisiz uchoqlari ko‘prikka hujum qilgan, oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, 14 yoshli bola jarohatlangan. Rossiya Tergov qo‘mitasi “Terakt” moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi, Ukraina maxsus xizmatlari portlashni uyushtirganlikda gumon qilinmoqda. Ukraina OAV manbalarining aytishicha, buning ortida Ukraina Xavfsizlik xizmati va Ukraina dengiz floti turibdi. UXX portlash haqida batafsil ma’lumotni “Ukrainaning urushdagi g‘alabasidan keyin” berishini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »