Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RT Arabic telekanaliga bergan intervyusida Ukrainani “demilitarizatsiya qilish vazifasining katta qismi bajarilgan”ini aytdi.

Foto: Getty Images
“Maxsus harbiy operatsiya boshlanganida Ukraina qattiq harbiylashtirilgan edi. Kecha Putin aytganidek, oldimizdagi vazifalardan biri Ukrainani demilitarizatsiya qilish edi. Umuman olganda bu vazifaning katta qismi bajarildi”, — dedi Peskov.

Uning tushuntirishicha, hozir Ukraina o‘z qurollaridan kamroq foydalanib, ko‘proq G‘arb davlatlari unga yetkazib berayotgan qurol tizimlariga tayanmoqda.

Peskov shuningdek, G‘arb davlatlari “mojaroga borgan sari kirishayotgani” va shu tariqa, urush tomoniga aylanayotganini qo‘shimcha qildi.

“Bu esa mojaroning cho‘zilib ketishiga sabab bo‘ladi. Oqibatda Yevropadagi vaziyat yanada keskinlashishi va oldindan aytib bo‘lmaydigan holga kelishi mumkin. Bu Rossiyani xavfsizlikni taʼminlash uchun yanada qatʼiyroq choralar ko‘rishga majbur qiladi”, — dedi Kreml vakili

2023-yil may oyida Dmitriy Peskov Rossiya “maxsus harbiy operatsiyani” boshlashda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga bir yildan ortiq davom etgan urush paytida “qisman erishganini” aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »