Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-3 avtomobili ko‘prik to‘sig‘ini buzib o‘tdi. Bu haqda poytax IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 17-iyul kuni soat 04:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi “Tapoich” yo‘l o‘tkazgichida 21 yoshli M.M. Nexia-3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Fuqarolardan yo‘l harakati qoidalariga amal qilishlarini va harakat davomida hushyorlikni oshirishlarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

2021-yil iyulda Ohangaron shohko‘chasidagi uch qavatli ko‘prikdan Matiz yo‘lning qatnov qismiga tushib ketgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »