Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida ikki kishining o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi.

Foto: Jizzax YHXB matbuot xizmati

Viloyat YHXB matbuot xizmatining xabar qilishicha, voqea 1-iyul kuni soat 06:45 larda 4R-35 Jizzax-Paxtakor-Gagarin avtomobil yo‘lining 18 kilometrida sodir bo‘lgan. 1988-yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti’ni boshqarib borayotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt yo‘liga chiqib ketishi oqibatida to‘qnashgan.

Natijada har ikkala mashina haydovchilari og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu transport vositalarida bo‘lgan uch nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan RSHTYIM Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Rashidov tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »