Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya don bitimidan chiqqanidan keyin Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishning “yagona varianti” quruqlik yo‘li bo‘lib qolmoqda, dedi AQSH Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi brifingda.

Foto: Reuters

Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina g‘allasini quruqlik orqali eksport qilish dengizga qaraganda samarasizroq bo‘ladi, ammo AQSH yuk kemalarini harbiy kemalar bilan kuzatib borish variantini ko‘rib chiqmayapti.

“Mavjud yagona variant — uni quruqlik, temiryo‘l yoki yuk mashinasida tashish. Albatta, hozir hamma narsa Ukrainada quruqlik orqali tashilyapti. Bu qiyinroq va unchalik samarali emas”, — dedi Kirbi.

U kelishuvning buzilishida Rossiyani ayblab, Moskva qarori tufayli dunyo bo‘ylab don narxi oshishi mumkinligini ta’kidladi.

Rossiya va Belarusdan tashqari, Ukraina Polsha, Slovakiya, Vengriya, Moldova va Ruminiya bilan chegaradosh. May oyi boshida Yevrokomissiya mahalliy fermerlarning yo‘qotishlari sabab Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ushbu mamlakatlarga yetkazib berishni taqiqlagan edi. Cheklov choralari 15-sentabrgacha amal qiladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ushbu mamlakatlar orqali tranzit qilish uchun taqiq yo‘q.

Rossiya don bitimidan chiqdi

17-iyul kuni Rossiya Qora dengiz portlaridan Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga ruxsat beruvchi don bitimidan rasman chiqdi. U bu haqda Turkiya, Ukraina va BMT kotibiyatini xabardor qilgan. Rossiya yuk tashish xavfsizligi kafolatlarini ham bekor qildi va Qora dengiz shimoli-g‘arbiy qismidagi gumanitar koridorni cheklamoqchi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishga qo‘ng‘iroq qilib, u bilan Rossiyaning don bitimidan chiqishi masalasini muhokama qildi. Unga ko‘ra, kelishuvning barbod bo‘lishi tufayli “Ukrainaning oziq-ovqat eksportiga qaram bo‘lgan Somali, Efiopiya, Janubiy Sudan va Yamanda 400 million kishi ochlikdan o‘lish xavfi ostida”.

Bundan tashqari, Zelenskiy Guterrish va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga rasmiy maktublar jo‘natganini, ularga g‘alla bo‘yicha bitim ishlarini Rossiyaning ishtirokisiz davom ettirishni taklif qilganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »