Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

AQSH dollari eng kuchli valyuta sifatida ko‘riladi, chunki u eng ko‘p sotiladi. Dunyoda qiymati eng yuqori valyuta Kuvayt dinori bo‘lsa-da, AQSH dollari dunyo bo‘ylab qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan olingan 180 ga yaqin valyutalarning yuqorisida turadi.

Eng kuchsiz valyutalar esa dollarning ancha kichik qiymatiga teng bo‘ladi. Ba’zi valyutalarda atigi 1 dollar sotib olish uchun ulardan o‘n mingta talab qilinishi mumkin.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

AQSH dollariga qiyosalaganda qiymati eng kuchsiz bo‘lgan 10 valyutaga, jumladan, O‘zbekiston so‘mi ham kiradi. Forbes ularning ro‘yxatini keltirdi:

1. Eron riali (IRR)

Eron riali dunyodagi eng kuchsiz valyuta bo‘lib, 1 rial bor-yo‘g‘i 0,000024 dollarni sotib olishga yetadi (yoki boshqacha qilib aytganda, 1 dollar 42 273 Eron rialiga teng).

Eron riali birinchi marta 1700-yillarning oxirida muomalaga kiritilgan. Keyinchalik u Britaniya funtiga, so‘ng AQSH dollariga bog‘langan. Hozir erkin muomalada bo‘lsa-da, so‘nggi bir necha yil ichida valyuta bir dollarga nisbatan 42 000 rial atrofida saqlanib qoldi.

Iroq va Afg‘oniston o‘rtasidagi Fors ko‘rfazida joylashgan Eron neft va tabiiy gazning yetakchi global eksportchisi hisoblanadi. Biroq iqtisodiy sanksiyalar siyosiy tartibsizliklar va yuqori inflyatsiya Eron valyutasiga bosim o‘tkazdi.

2. Vyetnam dongi (VND)

Vyetnam dongi dunyodagi ikkinchi eng kuchsiz valyuta bo‘lib, 1 dong 0,000042 dollarga yoki 1 dollar 23 711 Vyetnam dongiga teng. Dong 1978-yilda muomalaga kiritilgan.

Vyetnamda xizmat ko‘rsatish sohasi yalpi ichki mahsulotning eng katta qismini tashkil qiladi, undan keyin elektronika, energetika va to‘qimachilik kabi tarmoqlar turadi. Vyetnam valyutasi xorijiy investitsiyalarga cheklovlar va yaqinda eksportning sekinlashishi, AQSHda foiz stavkalarining ko‘tarilishi bilan zaiflashdi.

3. Laos kipi (LAK)

Laos kipi uchinchi eng zaif valyuta bo‘lib, 1 kip 0,000052 dollarga yoki 1 dollar 19 072 Laos kipiga teng. Kip 1950-yillarda taqdim etilgan va erkin muomalada.

Laos Vyetnam, Tailand, Kambodja va Xitoy o‘rtasidagi davlat bo‘lib, asosan mis, oltin va yog‘och kabi mahsulotlar eksportiga tayanadi. Mamlakat iqtisodiy o‘sishning sustligi, tashqi qarzning o‘sishi va yuqori inflyatsiyadan aziyat chekdi, bu esa valyutaga ta’sir qildi.

4. Syerra-Leone leonesi (SLL)

Syerra-Leone leonesi dunyodagi to‘rtinchi eng kuchsiz valyuta bo‘lib, 1 leone 0,000057 dollarga yoki 1 dollar 17 665 Syerra-Leone leonesiga teng. Valyuta birinchi marta 1964-yilda muomalaga kiritilgan va erkin hisoblanadi.

Syerra-Leone G‘arbiy Afrikada joylashgan bo‘lib, Gvineya va Liberiya bilan chegaradosh. Asosan yog‘och, olmos, oltin va sanoat metallarini eksport qiladi. Leonening qiymati 40 foizdan ortiq inflyatsiya, katta qarz, iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi va Ebola epidemiyasining oqibatlari tufayli pasaygan.

5. Indoneziya rupiyasi (IDR)

Indoneziya rupiyasi dunyodagi beshinchi eng zaif valyuta: 1 rupiya 0,000067 AQSH dollariga yoki 1 dollar 14,993 Indoneziya rupiyasiga teng. Rupiya 1946-yilda muomalaga kiritilgan. Dastlab AQSH dollariga bog‘langan, so‘ng erkin valyuta bo‘lgan.

Indoneziya Tinch okeanidagi 17 000 dan ortiq orollarni, jumladan Java, Sumatra, Borneo va Yangi Gvineyaning bir qismini o‘z ichiga oladi. Mamlakat xizmat ko‘rsatish sohasi tufayli YIM bo‘yicha Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik davlat hisoblanadi. Biroq yuqori inflyatsiya va turg‘unlik qo‘rquvi tufayli rupiya boshqa valyutalarga nisbatan tushib ketdi.

6. Livan funti (LBP)

Livan funti dunyodagi oltinchi eng kuchsiz valyuta bo‘lib, 1 funt 0,000067 dollarni yoki 1 dollar 14,986 Livan funtini tashkil qiladi. Funt birinchi marta 1930-yillarda muomalaga kiritilgan va AQSH dollariga bog‘langan.

Livan O‘rta Yer dengizi, shuningdek, Isroil va Suriya bilan chegaradosh. U xizmat ko‘rsatishga asoslangan iqtisodiyotga ega, ammo qimmatbaho toshlar va metallar, kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat va ichimliklar eksport qiladi.

Livan funtining qiymati 2021-yil boshida chuqur tushkunlikka tushgan iqtisodiyot, yuqori inflyatsiya va ishsizlik, bank inqirozi va siyosiy tartibsizliklar tufayli AQSH dollariga nisbatan rekord darajada pasayib ketdi.


7. O‘zbekiston so‘mi (UZS)

1 O‘zbekiston so‘mi 0,000087 dollarga yoki 1 dollar 11 516 so‘mga teng. Bu so‘mni dunyoda yettinchi eng kuchsiz valyutaga aylantiradi. So‘m 1993-yilda muomalaga kiritilgan erkin valyuta.

O‘zbekiston katta mineral, neft va gaz zaxiralariga ega. Mamlakat iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda, ishsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashmoqda.

8. Gvineya franki (GNF)

Gvineya franki dunyodagi sakkizinchi eng kuchsiz valyuta bo‘lib, 1 frank 0,000116 dollarga yoki 1 dollar 8,583 Gvineya frankiga teng.  Valyuta 1959-yilda muomalaga kiritilgan va erkin.

Gvineya Afrikadagi sobiq fransuz mustamlakasi. U oltin va olmos kabi tabiiy resurslarga ega, ammo yuqori inflyatsiya, harbiy tartibsizliklar hamda qo‘shni Liberiya va Syerra-Leonedan kelgan qochqinlar oqimi bilan kurashadi.

9. Paragvay guarani (PYG)

Paragvay guarani to‘qqizinchi eng zaif valyuta bo‘lib, 1 guarani 0,000138 dollarga yoki 1 dollar 7249 Paragvay guaranisiga teng. Valyuta 1952-yilda taqdim etilgan va erkin.

Paragvay Braziliya, Argentina va Boliviya bilan chegaradosh. Mamlakat soya, steviya (shakar o‘rnini bosuvchi modda) va mol go‘shti yetishtirish, shuningdek, makkajo‘xori va shakarqamish eksport qilish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.  Biroq uning valyutasi yuqori inflyatsiya, korrupsiya va qalbaki valyuta bosimi ostida bo‘lib kelgan.

10. Uganda shillingi (UGX)

Ro‘yxatda oxirgi o‘rinni Uganda shillingi egallab turibdi, 1 shilling 0,000273 dollarni yoki 1 dollar 3669 Uganda shillingini tashkil qiladi. Shilling birinchi marta 1966-yilda chiqarilgan va erkin valyuta.

Uganda Sharqiy Afrikadagi davlat bo‘lib, Keniya, Janubiy Sudan, Tanzaniya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Mamlakat neft, oltin va qahva kabi mahsulotlarga boy, ammo uning iqtisodiyoti beqaror iqtisodiy o‘sish, yuqori qarz va siyosiy tartibsizliklar girdobida qolgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »