Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Belarus maxsus kuchlari Polsha bilan chegaradan uncha uzoq bo‘lmagan “Brestskiy” poligonida Rossiyaning “Vagner” yollanma askarlari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Bu haqda 20-iyul kuni Belarus Mudofaa vazirligi xabar qildi.

“Belarus Qurolli kuchlari ‘Vagner’ jangchilari bilan qo‘shma mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Bir hafta davomida maxsus operatsiya kuchlari bo‘linmalari kompaniya vakillari bilan birgalikda ‘Brestskiy’ poligonida jangovar tayyorgarlik vazifalarini ishlab chiqadi”, — deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Ushbu poligon Ukraina chegarasidan deyarli 40 kilometr, Polsha bilan chegaradan esa taxminan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Belarus bo‘linmalari va rossiyalik yollanma askarlarning qo‘shma mashg‘ulotlaridan olingan ilk kadrlar e’lon qilindi.

Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram
Foto: Telegram

23—24-iyundagi “Vagner” qo‘zg‘olonidan so‘ng kompaniya asoschisi Yevgeniy Prigojinning Belarusga ketishi haqida e’lon qilindi. “Vagnerchi”larga esa uyga qaytish, Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash yoki Prigojinga ergashib, Belarusga ketish taklif qilindi.

14-iyul kuni Belarus Mudofaa vazirligi “Vagner” yollanma askarlari mamlakatga kelganini xabar qildi. Unga ko‘ra, Mogilev viloyatida, Osipovichi shahri yaqinida mamlakat hududiy mudofaasiga harbiy xizmatga chaqirilganlar uchun “o‘quv maydonlari” yaratilgan, u yerda “Vagner” yollanma askarlari instruktor sifatida ishlamoqda.

 “Belaruski Gayun” monitoring guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, 19-iyul kuni kechqurun “Vagner”ning to‘qqizta kolonnasi Belarusga yetib kelgan, mamlakatda allaqachon kompaniyaning 2000-2500 yollanma askarlari mavjud. Qayd etilishicha, Belarusga jami 10 000 ga yaqin yollanma askar kelishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »