Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya Ekologiya va shaharsozlik vaziri Mehmet Ozxasekining ma’lum qilishicha, kelasi hafta rasmiylar Istanbulni ehtimoliy zilzila uchun tayyorlashni boshlaydi. Seysmologlar avvalroq Istanbuldagi yer silkinishlari xavfi haqida ogohlantirgan edi.

“Biz Istanbul meri va tumanlar rahbarlari bilan Istanbulda yuz berishi mumkin bo‘lgan zilzila bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdik, prinsipial kelishuvga erishdik. Biz kelasi hafta ish boshlaymiz”, — dedi Ozxaseki matbuot anjumanida.

Unga ko‘ra, Istanbulda 5 million 800 ming bino bor. Ularning 1,5 millioni xavf ostida, 600 mingi yuqori xavf ostida. Vazir zilzilaga tayyorgarlik tafsilotlariga aniqlik kiritmadi.

Turkiyalik seysmolog Naji Geryur mutaxassislar Marmar dengizi hududida 7,2-7,6 magnitudali zilzila bo‘lishini kutayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Anadolu tektonik plitasining shimoliy tarmog‘ida yorilish bo‘lishi mumkin. Seysmologlarning fikricha, Turkiyada navbatdagi zilzila 2030-yilgacha sodir bo‘lishi mumkin.

Joriy yilning 6-fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida ikkita kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Buning ortidan Turkiyada 46 mingdan ortiq, Suriyada esa 8,5 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi. JSST ushbu yer silkinishlarni so‘nggi yuz yil ichida Yevropa mintaqasidagi eng dahshatli tabiiy ofat deb atadi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »