Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi xususiy bog‘chada bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachi ishdan olindi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

Viloyat IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, 18-iyul kuni Yangiyo‘l tumani “Ibrat” MFYda joylashgan “Ominaxon” nomli nodavlat oilaviy MTTda tarbiyachi bo‘lib ishlovchi ayol H.A. (2002-yilda tug‘ilgan) shu bog‘chadagi ikki nafar (5-6 yoshli) o‘g‘il bolalar o‘zaro talashib, mashg‘ulotga xalal bergani uchun ularni urishib, uy oyoq kiyimi bilan urgan.

Jarayon voqeaga guvoh bo‘lgan shaxs tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Holat yuzasidan IIB tomonidan tarbiyachi va boshqa masʼullar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, bolalarni sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazish uchun yo‘llanma berilgan. Ekspertiza xulosasi va o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

O‘rganish davomida tarbiyachi tegishli tartibda ishdan bo‘shatilib, tadbirkor ogohlantirilgan.

Yangiyo‘l tumani hokimligi e’lon qilgan xabarga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi tomonidan o‘rganish jarayonida tarbiyachini xulqi, ta’lim-tarbiya berishi, malaka talablariga noloyiq bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatish arizasi joyida olinib, tadbirkorga ogohlantirish berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »