Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 2023-yil oxirigacha Armaniston bilan tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin, deb hisoblaydi.

“Agar Armaniston Ozarbayjonga qarshi har qanday hududiy da’volaridan voz kechsa, yil oxirigacha tinchlik bitimi imzolanishi mumkin... Biroq bu amalga oshmasa, tinchlik bo‘lmaydi. Va bu mintaqa uchun yaxshi ssenariy emas, bu barqarorlik va xavfsizlikka olib kelmaydi. Shu bilan birga, geosiyosiy vaziyatning o‘ta nozikligini inobatga olsak, bu kelajakda qiyinchilik tug‘diradi”, — dedi Aliyev.
Foto: RIA Novosti

Shu bilan birga, u Armaniston Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olganidan keyin tinchlik shartnomasini imzolash bosqichi boshlanganini ma’lum qildi.

“Armaniston so‘nggi qadamni qo‘yishi kerak... Ular Qorabog‘ Ozarbayjon ekanini allaqachon tan olishdi, buni ochiq e’lon qilishdi va endi hujjatni imzolash bosqichi boshlandi. Bu nihoyatda muhim so‘nggi qadam”, — dedi Ozarbayjon rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »