Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro shahrida erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, uni turmush o‘rtog‘iga oshkor qilmaslik evaziga telefon talab qilgan qiz qo‘lga olindi, deb xabar beradi Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Buxoro shahrida yashovchi 19 yoshli D.E. ismli qiz qasddan jinoyat sodir etish yo‘liga o‘tib, Buxoro shahrida yashovchi tanishi 34 yoshli M.A. bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lgan. Qiz u bilan ijtimoiy tarmoq orqali olib borgan yozishmalarini turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatish, yaʼni jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib, buning evaziga M.A.dan iPhone 14 Pro Max rusumli telefon apparatini olib berishni talab qilgan.

17-iyul kuni  Buxoro viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu qiz Buxoro shahridagi “Korzinka-1” savdo majmuasi avtoturargohida talab qilgan telefon apparatini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda o‘zganing yalang‘och foto yoki videolarini tarqatish bilan qo‘rqitganlik uchun javobgarlik qanday?

Prezident tomonidan 11-aprel kuni “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan.

Qonun bilan intim hayot daxlsizligini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan, ya’ni Jinoyat kodeksi quyidagi mazmundagi 141-3-modda bilan to‘ldirilgan:

“Shaxsning roziligisiz uning tanasining va (yoki) jinsiy a’zolarining yalang‘och holdagi foto yoki videotasvirini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish yoki bunday ma’lumotlarni tarqatish bilan qo‘rqitish — bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha (120 million so‘mdan 180 million so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa.

360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »