Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Afrika Respublikasi Adliya vazirligi davlat prokuraturasi direktori Shamila Batoxidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olish uchun order berishni so‘radi. Bu haqda Pretoriya sudi bayonotiga tayanib, News24 xabar berdi.

Foto: AP Photo

JAR xalqaro aloqalar departamenti Xalqaro jinoiy sudning orderini mamlakat Adliya vazirligiga taqdim etganidan ikki oy o‘tib order berish so‘ralgan. Prokuratura hukumatni Putin BRIKS sammiti uchun JARga kelsa, uni hibsga olishga ishontirish uchun sudga murojaat qilgan.

19-iyul kuni JAR rasmiylari Rossiya prezidenti sammitda qatnashmasini eʼlon qilganidan so‘ng, muxolifatdagi Demokratik alyans suddan Putinni mamlakatga kelgan istalgan vaqtda hibsga olishga buyruq berishni so‘ragan.

News24 xabariga ko‘ra, hukumat bu talabga rozi bo‘lgan. Demokratik Alyans bayonot chiqarib, buni o‘zining xizmati deb atagan.

  • 17-mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olishga order berdi. U Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilishda gumon qilinmoqda. Xuddi shunday order Rossiya bolalar ombudsmanı Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham chiqarilgan.
  • JAR prezidenti Siril Ramafosa aprel oyi oxirida uning mamlakati Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasidan “Xalqaro jinoyat sudining ayrim mamlakatlarga nisbatan adolatsiz munosabati” tufayli chiqishini aytgan, biroq ikki kundan keyin rasmiylar prezidentning bayonotini “xato izoh” deb atagan.
  • JAR prezidenti Siril Ramafosa muxolifatning Xalqaro jinoiy sud oldidagi majburiyatlarini bajarish haqidagi talabiga javoban Putinning hibsga olinishi Rossiyaga urush e’lon qilish sifatida baholanishini aytdi. Buni Kreml rad etdi. Ramafosa idorasi 19-iyul kuni Putin BRIKS sammiti uchun JARga kelmasligini, Rossiya delegatsiyasiga esa tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilishini aytdi.
  • Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov sammitda Putin videoaloqa orqali ishtirok etishini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »