Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati Izboskan tumanida katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirgan xususiy korxona rahbari aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, departamentning Izboskan tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida “O.X.” xususiy korxonasi rahbari O.X. va boshqalar tumandagi Naqshband ko‘chasining meʼmoriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirishda rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 573 million so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida elektr ta’minoti uchun iste’molchilardan undirilgan 738 million so‘m o‘zlashtirilgani aniqlangandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda davlat dasturi doirasida ajratilgan kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani, Buxoroda 165 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan hokim yordamchisi ushlangani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »