Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya Sariq dengiz tomon bir nechta qanotli raketalarni uchirdi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mondonligiga tayanib.

Foto: Arxiv / Reuters

Qo‘mita maʼlumotlariga ko‘ra raketalar ertalab soat 4:00 (Toshkent vaqti bilan tungi 00:00) atrofida uchirilgan va dengizga qulagan. Janubiy Koreya va AQSH razvedka idoralari raketalar turi haqida ko‘proq maʼlumot olish uchun parvozlarni tahlil qilmoqda.

Sariq dengiz Tinch okeanida Janubiy Koreya va Xitoy o‘rtasida joylashgan.

18-iyul kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi yo‘nalishi bo‘yicha ballistik raketa uchirgandi, ertasi kuni yana bir ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi.

Avval mamlakat ushbu turdagi raketani 12-iyul kuni uchirgan. Raketa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidagi Yapon dengiziga qulagani taxmin qilinmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti raketa dengizda Rossiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasiga qulaganini xabar qildi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bu maʼlumotlarni rad etdi.

Shimoliy Koreyaning BMTdagi doimiy vakili Kim Son Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida raketa sinovlari mamlakatning o‘zini o‘zi mudofaa qilish huquqiga muvofiq amalga oshirilayotganini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »