Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron iltimos qilganiga qaramay, Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga taklifnoma olmadi.

BRIKS sammiti bu yil Yoxannesburgdagi Sandton konferensiya markazida bo‘lib o‘tadi. U eng yirik sammitlardan biriga aylanishi kutilmoqda: allaqachon 70 ta davlat rahbarlariga taklifnomalar yuborilgan.

“Ammo AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi G‘arb davlatlari taklif qilinmadi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron taklifnoma so‘raganiga qaramay, u rad etildi”, — deb yozdi News24 nashri.
Foto: Google Images 

Janubiy Afrikaning BRIKSdagi vakili, professor Anil Suklal sammitga barcha 54 ta Afrika davlati rahbarlari taklif qilinganini aytdi. 

Suklalning aytishicha, ko‘plab davlat rahbarlari sammitda ishtirok etishdan manfaatdor bo‘lgani sababli Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosaga qo‘ng‘iroq qilib, taklifnoma so‘ragan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »