Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Anneksiya qilingan Qrim osmonida 24-iyul kuni ertalab havo hujumidan mudofaa kuchlari 11 ta Ukraina dronini urib tushirdi, deb xabar bermoqda yarimorol rahbari Sergey Aksyenov.

“Jankoy tumanidagi o‘q-dorilar omboriga zarba berildi. Shuningdek, Kirovskiy tumanidagi xususiy uy uchuvchisiz uchoq bo‘laklari tushishidan zarar ko‘rdi”, — deb yozdi rasmiy o‘zining Telegram-kanalida.

Dronlar hujumi tufayli “xavfsizlik nuqtayi nazaridan” Jankoy tumanidagi temiryo‘l va Jankoy-Simferopol avtomobil yo‘lida harakat to‘xtatildi, deb qo‘shimcha qildi Aksenov.

O‘tgan haftada Qrim rahbariyati ikki marta o‘q-dorilar omboriga uchuvchisiz uchoqlar hujum qilgani haqida xabar bergandi. 19-iyul kuni Kirovskiy tumanidagi o‘quv poligonida yong‘in sodir bo‘ldi, oqibatda yaqin atrofdagi aholi punktlari aholisi vaqtincha evakuatsiya qilindi. 22-iyul kungi dron hujumida esa Krasnogvardeyskiy tumanidagi o‘q-dorilar omborida portlashlar sodir bo‘ldi. Qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 17-iyul kuni Qrim ko‘prigida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, 14 yoshli qiz jarohatlangan. Ko‘prikda harakatlanish bir necha soatga to‘xtatilgan.

Rossiya rasmiylari ko‘prikning buzilishini “Kiyev rejimining terroristik harakati” deb atadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hujumga “javob” va’da qildi.

Ukraina portlashga aloqadorligini rasman tasdiqlamadi. Ukraina razvedkasi va xavfsizlik xizmatidagi manbalar portlash UXX va Ukraina Harbiy-dengiz kuchlarining qo‘shma operatsiyasi bo’lganini, ko‘prikni portlatish uchun suv usti dronlari qo‘llanganini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »