Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Havo hujumidan mudofaa va radioelektron kurash tizimlari Qrim sharqida dronlarning hujumini qaytardi, dedi anneksiya qilingan yarimorol rahbari Sergey Aksyenov. Unga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan to‘qqizta uchuvchisiz uchar apparat urib tushirilgan, 19 tasi elektron urush yordamida bostirilgan. Keyinroq Rossiya Mudofaa vazirligi aniqlik kiritishicha, 17 ta dron urib tushirilgan, 11 tasi bostirilgan.

Foto: VK

Aksyenov Telegram’da hech kim jabrlanmaganini yozdi. Mudofaa vazirligi hech qanday vayronagarchilik yo‘qligini ma’lum qildi.

Qrim rahbari aynan qaysi obyektlarga hujum nishoni bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.

Yarimorolning sharqida Qrim ko‘prigi joylashgan, unda 17-iyul kuni ertalab portlash sodir bo‘lgandi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan va 14 yoshli qiz jarohatlangan. Ko‘prikda harakatlanish bir necha soatga to‘xtatilgan.

Rossiya rasmiylari ko‘prikning buzilishini “Kiyev rejimining terroristik harakati” deb atadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hujumga “javob” va’da qildi.

Ukraina portlashga aloqadorligini rasman tasdiqlamadi. Ukraina razvedkasi va xavfsizlik xizmatidagi manbalar portlash UXX va Ukraina Harbiy-dengiz kuchlarining qo‘shma operatsiyasi bo’lganini, ko‘prikni portlatish uchun suv usti dronlari qo‘llanganini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »