Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo viloyati Koson tumani Tibbiyot birlashmasi binosini rekonstruksiya qilishdagi talon-torojlik aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Koson tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida “G.C.” xususiy korxonasi hamda Qashqadaryo viloyati “Ya.B.X.” IK masʼul shaxslari tuman Tibbiyot birlashmasi binosini rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan qurilish-taʼmirlash ishlarini rasmiy hujjatlarga qo‘shib yozish orqali jami 787,4 million so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida elektr ta’minoti uchun iste’molchilardan undirilgan 738 million so‘m o‘zlashtirilgani aniqlangandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda davlat dasturi doirasida ajratilgan kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani, Buxoroda 165 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan hokim yordamchisi ushlangani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »