Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Omsk viloyatida ko‘p qavatli uyning tomidan 17 yoshli o‘zbekistonlik ishchi qulab tushdi. Bu haqda “Kommerchiskiye novosti” xabar berdi.

Foto: “Kommerchiskiye novosti”

Yigit olgan jarohatlari tufayli shifokorlar yetib kelguniga qadar vafot etgan. Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 143-moddasi 2-qismi (mehnatni muhofaza qilish talablarini buzish, ehtiyotsizlik natijasida inson o‘limiga olib kelish) bilan jinoiy ish ochilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. 

“Tergov hodisaning barcha holatlari va sabablarini aniqlash, shuningdek, taʼmirlash ishlari davomida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish uchun masʼul shaxslarni aniqlash niyatida”, — deyiladi xabarda.

Jinoyat ishini tergov qilishni Sovet okrugi prokuraturasi o‘z zimmasiga olgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan soat 19:30 larda 17 yoshli o‘smir uyni kapital ta’mirlash vaqtida tomdan qulagan. Olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan”, — deydi Omsk viloyati prokuraturasi.

Marhum yigit O‘zbekistondan Omskka ishlash uchun kelgani aniqlangan.

Mavzuga doir
Izoh

Abror Alisherovich

25.07.2023, 20:27

Assalomu alakum, vafot etgan deb yozilmaydi, halokatda o'lgan halok bo'lgan deb yoziladi, tavba

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »