Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonning suv resurslari bo‘yicha mutaxassisi Najibulloh Sadid sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarni ko‘rsatdi. Undan ma’lum bo‘lishicha, iyul oyi boshida Amudaryo suvi Qo‘shtepa kanalining suv olinadigan dambasidan oshib o‘tgan va dambaning ayrim qismlarini (200 metrgacha) yuvib ketgan.

Foto: Sputnik
Foto: Sputnik

Ilgari Sadid kanalni qurish loyihasi to‘g‘ri ishlab chiqilganiga shubha bildirgandi. Bundan tashqari, “Tolibon”ning Amudaryo qirg‘oqlaridagi eroziyaga qarshi kurash choralari ham samarasiz kechgan.

Maʼlumot uchun, “Tolibon” Amudaryoning Balx qismida Qo‘shtepa kanalini qurmoqda, kanal suvining Afg‘oniston shimolidagi hududlarga yo‘naltirilishi Turkmaniston va O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida suv taqchilligiga olib kelishi mumkin.

The Economist prognoziga ko‘ra, agar kanal qurib bitkazilsa, mintaqaviy mojaroning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Kanal Amudaryo suvini O‘zbekiston bilan chegaraga yo‘naltiradi. Afg‘oniston elektr energiyasining katta qismini O‘zbekistondan import qilishi hisobga olinsa, “Tolibon” qo‘shni respublikaga qarshi chiqolmaydi. 

“Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonni 15 foiz suv yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda, agar kanal qurilishi ortidan yana 10 foiz yo‘qotilsa, O‘zbekiston 25 foiz suv yo‘qotishi mumkin”, — deyiladi yana bir prognozda.

Afg‘oniston hukumatining bosh vaziri Abdul G‘ani Barodar mart oyida Qo‘shtepa kanali qo‘shni davlatlarning suvdan foydalanish huquqlarini buzmasligini ta’kidladi. U Amudaryo suvidan foydalanish nuqtayi nazaridan Afg‘oniston shimoliy qo‘shnilarga yo‘naltirilgan suv hajmlariga da’vo qilmasdan, o‘z huquqlari doirasida qolishini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »