Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Nonushtani o‘zingiz tanovul qiling, tushlikni do‘stingiz bilan baham ko‘ring, kechki ovqatni dushmanga bering”, degan gap kechki ovqat ortiqcha vazn va hatto, kasallikka olib kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l ekanligidan ogohlantirish maqsadida aytilganini bilsangiz kerak.

Foto: “Noviy ochag”

Xo‘sh, bu chindan ham rostmi? Barcha diyetologlar ushbu fikrga qo‘shiladimi? Ammo biz ko‘pincha deyarli butunlay qarama-qarshi prinsipga ko’ra ovqatlanamiz: odatda nonushta qilishga vaqt bo‘lmaydi, yo‘l-yo‘lakay tushlik qilib olamiz, lekin kechki ovqatni esa qoldirmay tanovul qilamiz.

Kechki ovqat haqida an’anaviy nuqtai nazar

Xo‘sh, nima uchun kuchli bo‘lgan kechki ovqat zararli hisoblanadi? Asosiy dalil: odam uxlab qolsa, oshqozon-ichak trakti u bilan bir vaqtda “uxlaydi”. Bu shuni anglatadiki, ayni vaqtda oshqozonda bo‘lgan oziq-ovqatga barcha kerakli fermentlar yetib bormaydi. Bundan tashqari, agar kishi kechqurun tez hazm bo‘luvchi uglevodlarga boy ovqat iste’mol qilsa, bunday kechki ovqat jigarni glyukoza bilan to‘yintiradi. U yerda fermentlar ta’sirida yog‘ sifatida qayta ishlanadi. Bu yog‘ belga va ichki organlarga tarqaladi. Umuman olganda, kechki ovqat uchun qismni sezilarli darajada kamaytirish uchun dalillar yetarli.

Kechki ovqatni yeyishingiz mumkin va bu kerak

Bu haqda diyetolog Mixail Ginzburg past kaloriyali proteinli kechki ovqat hamma uchun mos kelmasligini ta’kidladi: “Kechki ovqat tanovul qilish kerak. Bu tabiatimizga xos. Kechqurungi ovqatdan voz kechib, gormonal fonni, asab tizimini va ovqat hazm qilish jarayonini buzish xavfini tug‘diramiz.

Foto: “Noviy ochag”

Kechki ovqat ozishga yordam beradi

Bunday xulosaga isroillik olimlar ozayotgan odamlar guruhi bilan tajriba o‘tkazib, tajriba ishtirokchilarini kechki payt to‘laqonli kechki ovqatga taklif qilishdi. Ko‘ngillilar ikki guruhga bo‘lingan. Birinchi guruhda ishtirokchilar kuchli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirilgan kechki ovqat berilgan va ularga oddiy uglevodlar, jumladan, oq non, spaghetti, kartoshka yeyishlari mumkin bo‘lgan. Ikkinchi guruhda esa vazn yo‘qotish uchun tavsiya etilgan an’anaviy kechki ovqatlar bor edi. Olti oy o‘tgach, ma’lum bo‘ldiki, birinchi guruhdagi ko‘ngillilar tezroq va samaraliroq vazn yo‘qotishdi! Ular buni to‘laqonli kechki ovqatdan so‘ng ertasi kuni ochlik his qilmasliklari bilan izohladilar...

Kechki ovqat ortiqcha vazn bilan bog’liq emas

Diyetolog Olga Korableva: “Tungi energiya iste’moliga kelsak, uyqu paytida organlar ishlashining sekinlashishi u qadar ulkan — bu asosiy metabolizmning taxminan 10-20 foizini tashkil qiladi. Ya’ni, asosiy narsa ortiqcha ovqatlanmaslik va kaloriyalar muvozanatini yodda tutishdir: kun davomida qancha ovqatlanganingizni eslang” — deydi.

Mutaxassisning eslatishicha, biz kechki payt iste’mol qiladigan ovqatlar kun davomida iste’mol qilgan ovqatlardan ko‘ra yuqori kaloriyali bo‘lmasligi kerak. Agar siz kechki ovqatda me’yordan ko‘p ovqatlanmasangiz va oshqozon hazm qila olmaydigan uglevodlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilmasangiz, oshqozon-ichak traktida ortiqcha kilogramm va fermentatsiya kuzatilmaydi.

Olga Korablevaga ko’ra, inson organizmi har qanday sharoitga osongina moslash XX fbxr.bvfbbbbvdfadgvbbb cadi. Tushlik paytida nonushta qiladigan va kechki ovqatni yarim tunda yeydiganlar bor — aynan shu odat ularning ovqat hazm qilish tizimi uchun juda qulay modelga aylanadi. Kuzatish kerak bo‘lgan asosiy narsa shuki, kechki ovqat kaloriyalari kunlik umumiy ovqatlanishning to‘rtdan biridan oshmasligi kerak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »