Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Uxlab qolish uchun tun bo‘yi u yoqdan bu yoqqa ag‘darilishdan charchadingizmi? Uyqu yetishmasligi tufayli immunitet tizimi, kayfiyat va umumiy farovonlik yomonlashadi. Ammo shifokor huzuriga oshiqmang — avval oqshom paytida ushbu oltita harakatdan birortasini qilganmisiz- yo‘qmi, tekshirib oling.

Ba’zi odatlar uyquga ta’sir ko‘rsatsa, ulardan voz kechgan ma’qul, deb yozadi “Noviy ochag” nashri.tm

Yog‘li ovqatlar

Kechki ovqat yengil va yog‘siz bo‘lsin, aks holda, ertalab g‘ayrioddiy holsizlik va charchoqni boshdan kechirasiz. Bundan tashqari, kechalari yuqori kaloriyali va yog‘li oziq-ovqatlarni iste’mol qilish bilan oshqozonni zo‘riqtirasiz, bu esa oshqozonda noqulaylik tug‘diradi, o‘z navbatida uxlab qolishni qiyinlashtiradi.

Foto: “Noviy ochag”

Gadjetlar

Juda ko‘pchilik noutbuk yoki planshetni o‘zlari bilan uxlash uchun olib yurishadi yoki mobil telefonlarida Internetda ijtimoiy tarmoqlarni kezib chiqadilar yoki videolar tomosha qilishadi. Bu mutlaqo zararli, chunki ekranning zangori nuri miya faoliyatini oshiradi, ya’ni qurilma bilan ishlagandan so‘ng, soat yarim tundan oshgan bo‘lsa ham, dam olishingiz va uxlab qolishingiz qiyin kechadi.

Foto: “Noviy ochag”

Kardiomashqlar

Muntazam jismoniy faollik uyquni normallashtiradi, ammo kechqurungi intensiv mashg‘ulotlar, aksincha, tabiiy bioritmlarni buzadi va organizmga uyg‘otuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Tunni tinch o‘tkazish uchun mashqni yotishdan kamida uch soat oldin tugatishga harakat qiling.

Ish

Ertalabki majlisga tayyorgarlik ko‘rishingiz yoki loyihani yakuniga yetkazishingiz kerakmi? Ishni yotishdan bir soat oldin tugatishga harakat qiling — bu vaqt sizni tinchlantirish va fikringizni qayta yangilab olishingiz uchun kerak. Agar shoshilinch ishlar ro‘yxatidagi narsalar hali ham miyangizda g‘ujg‘on o‘ynayotgan bo‘lsa, uxlab qolish unchalik oson emas.

Foto: “Noviy ochag”

 

Kofein va spirtli ichimliklar

Kofein tetiklovchi ta’sirga ega. Albatta, ushbu moddaga bo‘lgan reaksiya individualdir, ammo mutaxassislar yotishdan ikki soat oldin tarkibida kofein mavjud bo‘lgan ichimliklarni qabul qilishni tavsiya etmaydi. Xuddi shu qoida spirtli ichimliklar uchun ham amal qiladi.

Hissiy yuklamalar

Opangiz bilan turmushingizdagi muammolar haqida gaplashasizmi, hayratlanarli teleko‘rsatuvni tomosha qilasizmi yoki yurakni ezuvchi hikoya o‘qiyapsizmi, bu hissiy stresslar istaysizmi-yo‘qmi bezovta qiladi. Kechqurun sizni asabiylashtirib, tashvishga soladigan vaziyatlardan o‘zingizni asrang. Agar yotishdan oldin mutolaa qilishni yoqtirsangiz, yengil romantik syujetli romanni tanlang. Iliq o‘simlik choy iching, issiq vanna qabul qiling yoki to‘shakda bajarish murakkab bo‘lmagan mashqlar bajaring — bu sog‘lom uyquni kafolatlaydi!

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »