Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tasavvur qiling, erta uyg‘ondingiz. Sodir bo‘layotgan hamma narsani ko‘rasiz va eshitasiz, nafas olasiz lekin umuman harakatlana olmaysiz. Oyoq va qo‘llar qotib qolganga o‘xshaydi, bosh shunchalik og‘irlik qiladiki, hatto, barmoqni ham qimirlata olmaysiz. Bir necha daqiqa o‘tadi, shu vaqt ichida siz tanangizni nazorat qilishni yo‘qotganingizga amin bo‘lasiz, keyin hammasi o‘tib ketadi. Bu qo‘rqinchli tuyuladigan uyqu falajligi. Nima uchun bu holat paydo bo‘ladi va undan qanday qochish kerak?

Foto: Google Images

Uyqu falajligi — uxlab qolganda yoki uyg‘onganda harakat qila olmaslik bo‘lib, statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, kattalarning yarmiga yaqini hayotida kamida bir marta bo‘lsa ham buni boshdan kechirgan.

Uning asosiy sababi uyqusizlikdir. Ko‘pincha falaj narkolepsi (kuchli charchoq oqibatida yuzaga keladigan ruhiy kasallik) bilan og‘rigan odamlarda uchraydi. Shuningdek, xavf guruhiga talabalar, psixotrop dorilarni qabul qiluvchilar, kundalik navbatchi ishchilar, yosh onalar kiradi.

Nima sodir bo‘ladi?

Inson organizmida uch xil mushak to‘qimalari mavjud: yurak, silliq (biz ularni boshqara olmaymiz) va chiziqli (biz harakat qilish uchun foydalanadigan barcha mushaklar). Uyqu falajligi paytida yurak va silliq mushaklar ishlaydi, ammo mushak korseti nazoratdan tashqarida bo‘ladi.

Yarim tunda harakat qila olmaslikdan uyg‘onib ketish mumkin, ammo bu odatda ertalab uyquning chuqur bosqichidan o‘tib bo‘lgandan so‘ng kuzatiladi. Uyquning chuqur fazasida falajlik kuzatilganda ham odam o‘z tanasini nazorat qilmaydi, odatiy uyg‘onish bilan u allaqachon o‘tib ketadi va siz har doimgidek harakat qila olasiz.

Uyqu falajligiga qo‘rqinchli tushlar hamroh bo‘lishi mumkin, go‘yo sizning boshingizda sharpa o‘tirgan yoki kimdir turib tomosha qilayotgandek, siz esa hech narsa qila olmaysiz. Bu gallyutsinatsiyalar falajni kuchaytirmaydi va ruhiy buzilishni ko‘rsatmaydi, ular falaj bilan birga o‘tib ketadi.

Qancha vaqt davom etadi?

Bu hodisaning faqat tavsifigina qo‘rqinchli tuyuladi, aslida, uyqu falajligi 15 soniyadan bir necha daqiqagacha davom etadi xolos.

Vahimaga tushmaslikka harakat qiling: qanchalik ko‘p qo‘rqsangiz, u tanangizni shunchalik uzoq vaqt nazorat qiladi. Agar nafas olsangiz va ko‘zni yumib-ochsangiz, falaj qisqa muddatda o‘tib ketadi.

Bu holat qanchalik xavfli?

Aksariyat odamlar hayotlarida uzoq uyqusizlikdan keyin 1-2 marta bu holatga duch kelishadi. Ammo uyqu falajligi oyiga ikki martadan ko‘proq sodir bo‘lsa, nevrolog yoki somnolog bilan bog‘lanishingiz kerak. Ko‘p uxlash yordam beradi, ba’zi odamlarga antidepressantlar zarur bo‘lishi mumkin.

Bolalarda, uyqu falajligi kuzatilmaydi, o‘smirlarda kuzatilishi mumkin. Har ehtimolga qarshi ularni oldindan ogohlantirib qo‘ygan yaxshi, lekin qo‘rqitib yubormaslik kerak. Bu holat sog‘liq uchun xavfli emas.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »