Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada 2023-yilning birinchi yarim yilligida 205 mingdan ortiq xorijlik mamlakat fuqaroligini oldi. Bu haqda Rossiya IIV rasmiy statistikasida so‘z boradi.

Foto: “RIA Novosti”

Qayd etilishicha, fuqarolik olganlar soni 2022-yilning mos davriga nisbatan 382 ming kishiga kamaygan.

Rossiya fuqaroligini olishda tojikistonliklar yetakchilik qilmoqda — 87 mingga yaqin. Ikkinchi o‘rinda Ukraina — 39 ming, uchinchi o‘rinda Armaniston — 18 mingga yaqin.

Undan keyingi pog‘onalarda Qozog‘iston (13 876), Qirg‘iziston (10 500), O‘zbekiston (9 340), Ozarbayjon (7 457).

Yanvar o‘rtalarida Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin oxirgi besh yil ichida Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlaridan kelgan milliondan ortiq kishi, jumladan, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan 550 ming kishi Rossiya fuqaroligini olganini aytgandi.

“2022-yilning birinchi yarmida yuqorida ko‘rsatilgan davlatlarning 60 mingdan ortiq voyaga yetgan fuqarolari Rossiya fuqaroligini oldi. Shuning uchun ular mamlakatni himoya qilishning konstitutsiyaviy majburiyatini ham olgan. Shu munosabat bilan, fuqarolikka qabul qilingan shaxslarning maxsus harbiy operatsiya vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etishi masalasini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir”, — degandi u.

Ko‘p o‘tmay Rossiyaga ishlashga kelib, keyinchalik Rossiya fuqaroligini olgan Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari Rossiyani tark etib, uyga qaytib keta olmasligi, chunki ularga nisbatan safarbarlik to‘g‘risidagi qonunlar amal qilishi ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »